Karamel kremida medovik 🎂
Oson usulda juddayam mazzali,karamelniy kremlari bilan medovik tayyorlaymiz🥮
3 dona tuxum🥚
1piyola shakar🍚
200gr margarin🧈
4osh koshik toza asal🍯
1osh qoshik tòla bòlmagan osh soda🥄
300,400gr un 🍚
1litr sut 🥛
250gr shakar🍚
1osh qoshik un🍚
1osh qoshik kraxmal
Birinchi bòlib tuxumni shakar bilan kòpirtirib olamiz sòng qozonchaga asal,margarinni solib eritib olamiz erib bòlgach osh sodani solib tez tez aralashtirib karamelniy rang kirgunicha kuydirib olamiz va issig'ida tuxumli massamizga solib tez tez aralashtirib olamiz va oz ozdan un solib quyuqqina xamir xoliga keltirib olamiz
Xamirimizni teng 2ga bòlib yoĝlangan listga quyib olamiz va qizib turgan pechda 200gradusda 10-15minut pishirib olamiz
Pishib chiqgan korjlarni òrtasidan teng ikkiga bo'lib olamiz
Asalni kuydirib olgan qozonchamizga sut,shakar,un,kraxmal solib yaxshilab aralashtirib olib olovga kuyamiz tinmastan aralashtirib quyiltirib olamiz
Korjlarimizni ketma ket kremlab ustiga kroshka sepib 1kecha xona xaroratida qoldiramiz
Qarabsizki yumshoqqina ogizda eruvchi medovik xam tayyor 🥮
Albatta shu usulda tayyorlab kuring juddayam mazzali bòladi
retsepti_humayro saxifasidan olindi