DOLLARNING YUQORI KURSI

DOLLARNING YUQORI KURSI


🔸"Kapitalbank" ATB sizning naqd AQSh dollaringizni 💵naqdsiz milliy valyuta - so'mga 💳 almashtiradi, bu naqd almashtirishga qaraganda ancha qulayroqdir. Agar siz "Kapitalbank" ATBga kelib, 10 000 AQSh dollarini almashtirishni istasangiz (hisob-kitoblarda 15.01.2020 y. holatidagi kurs ishlatiladi), siz 95 500 000 so'm naqd pul olasiz, ammo naqdsiz ayirboshlashni tanlasangiz, unda 95 600 000 so’mni qo’lga kiritasiz. Bu mashina yoki kvartira kabi yirik xaridlarni amalga oshirishda juda foydali va qulay.


🗞 Masalan, siz yangi mashina sotib olishni xohlaysiz va sotib olish uchun kerakli miqdorni to'pladingiz. Sizning qo'lingizda 10 000 dollar bor. Avtoulov sotiladigan do'konlarda to'lov milliy valyutada qabul qilinadi, demak siz valyuta ayirboshlashingiz kerak 🔄.


1️⃣ Agar siz naqd pul shakida almashtirishni tanlasangiz, u holda "Kapitalbank" АTB ayirboshlash shaxobchasida Siz 10 000 dollarga 95 500 000 so'm olasiz. Kassir butun miqdorni hisoblashini kutib turasiz, noqulay va og'ir bo'lgan bir qop punli olasiz. Shundan so'ng, butun miqdorni avtoulov sotiladigan do'konga olib borasiz yoki BANK KASSIRIGA OLIB KELASIZ va kassir olib kelgan pulingizni qayta sanab chiqib, barcha kerakli hujjatlarni rasmiylashtirgunga qadar kutib turasiz.
2️⃣ Agar siz naqdsiz shaklda almashtirishni tanlasangiz, unda "Kapitalbank" АTBda 10 000 AQSh dollari evaziga 95 600 000 so'm olasiz, qo'shimcha daromad 100 000 so'mni tashkil qiladi. Pul sizning plastik kartangizga 💳 tushadi yoki to'g'ridan-to'g'ri shartnomada ko'rsatilgan bank hisob raqamiga yuborilishi mumkin. Kassadan bir qop pul olib yurishingiz va qimmatli vaqtingizni pulni qayta hisoblashga sarflashingiz shart emas. Siz vaqt va pulni tejaysiz.


📈 Foyda ko'rinib turibdi!


💳 Bundan tashqari, ushbu xizmatdan o’zingizning HUMO yoki UZCARD plastik kartangizni to'ldirish uchun foydalanishingiz mumkin. Ushbu xizmatdan foydalanuvchilar uchun HUMO va UZCARD kartalari BEPUL ochib beriladi!

🔸Siz kutganingizdan ko'prog'ini olishingiz uchun, "Kapitalbank" ATBning istalgan filialiga kelib, Operatorga valyutani yuqori kurs bilan almashtirishni istayotganingizni bildirishingiz kerak bo'ladi. Vaqtingizni va pulingizni tejang.


*Misolda ayirboshlash kursini hisoblash 2020 yil 15 yanvar holatiga ko'ra olingan. Operatsiyalarni amalga oshirishdan oldin valyuta kurslarini aniqlashtirib oling.

🍊Apelsin

Report Page