Kapital bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati

Kapital bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati

MoliyaPress

Joriy yilning 14-aprel kuni Moliya vazirligida kapital bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

 O‘zaro fikr almashinuv shaklida tashkil etilgan ushbu yig‘ilishda Osiyo Taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sindi Malvichini, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli, Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Alkis Drakinos, AQSh G‘aznachiligidan konsultanti Tom Leyner, Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi direktori Kamoliddin Talipov, shuningdek, Investisiya institutlari milliy uyushmasi, “Toshkent” Respublika fond birjasi, "O‘zbekiston respublika valyuta birjasi" AJ, Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi, Investisiya institutlari milliy uyushmasi “Kapital Depozit” MChJ mutasaddi xodimlari hamda tijorat banklari vakillari ishtirok etdilar.

 Tadbir ishtirokchilari kapital bozorining rivojlanishi iqtisodiyotni uzoq muddatli moliyaviy resurslar bilan ta'minlab, yuqori va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta'minlashga qaratilgan makroiqtisodiy siyosatning muhim elementi ekanligini qayd etgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Kapital bozorini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

 Ochiq muloqot shaklida kechgan ushbu davra suhbatida ishtirokchilar hamda OAV vakillarini o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

 Tadbir yakunida Moliya vazirligi kapital bozori infratuzilmasini rivojlantirish hamda xorijiy va mahalliy investisiyalarni kapital bozoriga kengroq jalb qilish bo‘yicha xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy investorlar, brokerlar, ekspertlar va boshqalar bilan faol hamkorlikni davom ettirishi yana bir bor ta'kidlab o‘tildi.



 Moliya vazirligi

 Axborot xizmati

Report Page