Kanada haqida
Legal Jobs - XBADunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri deb hisoblanadi, va 2018-2019 yillarda Kanada eng baland hayot darajasi ko'rsatkichlariga ega bo'ldi.
Boshqa yuqori rivojlangan davlatlardek, xozirgi kunda Kanadada mala kali ishchilar yetmasligi sezilyapti. Misol uchun, u yerda avtomexanik kasbi juda yuqori talabga ega.
Undan tashqari, 2019 yilda Kanadada kassirlar, mehmonhona ischilari, restoranlar sohasida ishchilar yetishmasligi bilinmoqda. Yana bir juda mashhur kasb - xalqaro yo'nalishlarda qatnaydigan yuk mashina haydovchisi. Kanadada ishlash uchun talablar bu: ingliz tilini o'rtancha darajada bilish, o'rta, yoki oliy ta'limga, va olti oydan o'n sakkiz oygacha mehnat stajiga ega bo'lish. Bolaga qarovchi sifatida ishlash uchun ham vakansiyalar ko'p. Ammo lekin tibbiy sohada, yoki bog'cha ishlash uchun, nomzod maxsus ta'limga ega, va bir necha yillik mehnat stajiga ega bo'lishi shart.
Kanadadagi oylik mehnat maoshi ish joyi, va ish berovchini talablariga juda bog'liq.
Barcha soliqlarni hisobga olsa, Kanadada o'rta oylik maoshi 4.000 dollarga teng. Agar soatlik ish haqini olib qarasa, o'rtancha Kanada fuqarosi soatiga 30 dollarga ega bo'ladi. Ammo lekin, shuni bilish kerakki, yangi kelgan ishchi shunday ko'rsatgichga teng ish haqiga ko'pincha ega bo'lmaydi. Eng kam oylik ish haqi 1500 dollarga teng.
Kanadada narhlar, va harajatlar:
Chet ellik odamni asosiy harajati - ijaraga uy olish. Har oyi 30-50% topilgan pullar yashash joyga to'lashga sarflanadi. Kanadani katta shaharlarida ijaraga uy olish 600-1700 dollarga aylanadi. Kandaning yashash uchun eng qimmat shaharlari: Vankuver, Toronto, Monreal, Kalgari va Ottava. Ammo lekin kichik shaharlarda, va provintsiyada yashash ancha arzon. Misol uchun bu: Kvebek, Sharbruk, Laval va Sageney provintsiyalari. Kanada Statistika Markazi ma'lumoti bo'yicha, yiliga o'rtacha uy ho'jaligi harajatlari 84,500 dollarga teng.
2019 yilda Kanadadagi o'rtacha narhlar:
Non(500gr) - 2,79 C$
Sut(1l.) - 2.24 C$
Tuxum(12 dona) - 3.30 C$
Lahm tovuq go'shti(1kg) - 13.03 C$
Kartoshka(1kg) - 2.51 C$
Pishloq(1kg) - 12.33 C$
Banan(1kg) - 1.70 C$
Olma(1kg) - 3.89 C$
Benzin(1l.) - 1.26 C$
Taksi(1km) - 1.85 C$
Jamoat tansporti - 3 C$
Bir oylik jamoat transportiga chipta - 95 C$
Oyiga kommunal xizmtlar(85kv.m) - 146.38 C$
Mobil aloqa(1min) - 0.32 C$
Internet - 73.32 oyiga C$
Narhlar Kanada dollarida berilgan. Bir Kanada dollari (C$) 0,75 AQSh dollariga teng.