Kambag‘allikni qisqartirish sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha Forum

Kambag‘allikni qisqartirish sohasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha Forum

EconomyPress

Joriy yilning 19-oktabr sanasida Xitoy Xalq Respublikasining qishloqlarni yangilash milliy boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan "Barqaror rivojlanish uchun global hamkorlik: kambag‘allikni qisqartirish va qishloqlarni rivojlantirish" global forumi videokonferensaloqa formatida bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o'rinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo'chqorov ishtirokchilarga videomurojaat qildi hamda bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo'lgan kambag‘allikka qarshi kurash borasidagi O'zbekiston nuqtai nazari bilan o'rtoqlashdi.

           Tadbirda, shuningdek, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi Bosh vaziri o'rinbosari Xu Chunxua, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq -ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Tsuy Dongyu, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) Bosh kotibi Dato Lim Jok Xoy va boshqalar ishtirok etdilar.

           Bundan tashqari, Forum doirasida O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasi Xalqaro Kambag‘allikni qisqartirish markazi o'rtasida Memorandum imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

           Imzolanish marosimida O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o'rinbosari Saidqahhor Xolxo'jayev va XXR Xalqaro Kambag‘allikni qisqartirish markazi rahbari Lu Zenven ishtirok etdilar.

           Tomonlar ushbu memorandum ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishini, uning doirasida kambag‘allikni qisqartirish sohasida tajriba, fikr va g'oyalar almashish, shuningdek, qashshoqlikka qarshi kurashda XXRning eng yaxshi tajribalariga asoslangan oldinga tortuvchi loyihalarni O'zbekiston hududlarida amalga oshirish bo'yicha ishlar olib borilishini ta'kidladilar.

           

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

           Axborot xizmati

Report Page