Kalima til kursi

Kalima til kursi


1) Kursning maqsadi?

  • Sifatli arab tili kurslarini taqdim qilish;
  • Arab tilini bilish saviyasi talab qilinadigan Universitetlarda ta’lim olmoqchi bo’lganlar uchun tayyorlov kursi;

2) Kurs haqida:

  • Kurs orqali siz Arab tilini malakali Arab va O’zbek ustozlarimiz tomonidan boshlangʻich bosqichdan boshlab  B2 darajasigacha o’rganishingiz mumkin bo’ladi; 
  • Kurs onlayn formatda bo’lib, Zoom platformasi orqali bo’lib o’tadi;


3) Kurs davomiyligi: 

  • Har bir til saviyasi 2 oydan 4 oygacha davom etadi; 
  • O’quvchi har bir til darajasini tamomlagandan keyin keyingi bosqichga o’tish imtihoni bo’lib o’tadi;
  • Bosqich imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tgan talabalargina keyingi bosqichni davom ettirishlari mumkin bo’ladi;
  • Imtihondan o’ta olmagan o’quvchilarga o’sha bosqich darslarini qayta o’qib,  yana imtihon topshirish imkoniyati beriladi.


4) Sertifikat beriladimi?

  • Har bir bosqich imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tgan ishtirokchilarga Idrok Academy va Turkiyaning Fatih Sulton Mehmet Vakif Universiteti tomonidan sertifikat beriladi.


5) Darslar kim tomonidan o’tiladi?

  • Malakali arab va o’zbek ustozlar tarafidan o’tiladi.




6) Kursning boshqa kurslardan afzallik tomonlari nimada?

  • Darslar jonli bo’lib o’tadi; 
  • Duo cards ilovasida darslik kitoblarning lugʻatlarining linklari o’z o’rnida tashlab beriladi; 
  • Arab tilida A1 darajasini tugatgan talabalar Arab ustozlardan dars olish imkoniyatiga ega boʻladi;
  • Har bir guruhga nazoratchi biriktiriladi va oʻquvchilar kuchli nazorat qilinadilar;
  • Kurs ishtirokchilariga bonus sifatida kurs uchun yozilgan maxsus kitobdan vazifalar berib boriladi;
  • Guruh ishtirokchilari o’rtasida onlayn musobaqalar o’tkaziladi;
  • Arab lahjalari bilan tanishish imkoniyati;
  • Kursning barcha bosqichlarini tartib bilan oʻrgangan talabaning saviyasi har qanday Arab tili talab qilinadigan o’quv dargohlarida qiyinchiliksiz darslarni tushunib o’zlashtira olish imkoniyatiga ega bo’ladi;
  • Bu bilan birga dasturni o’zlashtirgan talaba CEFR sertifikatini qo’lga kiritish uchun ham yetarli saviyaga ega bo’ladi. 



7) Yosh chegarasi: 

  • Ushbu onlayn kursda 16 yosh va undan yuqori bo’lgan erkak va ayol-qizlar tahsil olishlari mumkin.

    


8)  Kursda mavjud tariflar: 

  • “Klassik arab tili” (oddiy):

- Haftada 2 kun 3 soat (1 dars soati 60  daqiqa) dan;

- Har bir saviya 4 oy davom etadi;

- Jami: 100 soat.

  • “Klassik arab tili” (intensiv):

- Haftada 4 kun 3 soatdan;

- Har bir saviya 2 oy;

- Jami: 100 soat.



9)  Kurs narxi va to’lov usullari qanday?  

A1 Oddiy - 50$ (1 oyga) 

A2 Oddiy - 55$ (1 oyga) 

A1 Intensiv - 110$ (1 oyga) 

A2 intensiv - 115$ (1 oyga) 


  • Kursga kirish uchun 2 oylik to’lov oldindan amalga oshiriladi;
  • Naqd - Turkiya Istanbul shahrida to’lov qabul qilinadi;
  •   “Zolotaya Korona” va “Western Union” orqali to’lov qabul qilinadi.
  • Darsga qatnashmagan oʻquvchilarning toʻlovlari qaytarib berilmaydi, keyingi oyga ham oʻtkazilmaydi.

Izoh: Kurs arab tilini maqsad qilganlar uchundir, dastur ham shunga moslashtirilgan bo’lib, o’zlashtirishga to’sqinlik qiluvchi barcha omillar e’tiborga olingan. Jumladan kurs o’rtasida tashqaridan o’quvchi ham qabul qilinmaydi. Shu sababdan har bir o’quvchi boshqa bir o’quvchining joyini egallagan hisoblangani uchun to’lovlar qaytarib berilmaydi.



10) Kurs qaysi kitoblar asosida o’tiladi?

 “Klassik arab tili” tarifida oʻqitiladigan kitoblar:

  • O’qish asoslari kitobi (Grand Ta’lim);
  • “Arab adabiy tili” silsilaviy kitobi (Grand Ta’lim);
  • Sintaksis: “Mukammal sarf”;
  • Morfologiya: “Mabdaun Nahv”, “Durus Nahviyya 1-2”,  kitobi;




11) Kursni muvaffaqiyat bilan tugatganlarga imtiyozlar bormi?


  • Intensiv tarifida tahsil olgan va 18-25 yosh oralig’ida bo’lgan B2 saviyasidagi o’quvchilar (erkaklar)  Shayx Muhammad Sodiq Akademiyasining 2-kursiga; 
  • Fatih Sulton Mehmet Vakif Universitetining esa 1-kursiga tavsiya qilinadi;
  • Yuqorida aytib o’tganimizdek imtihonlarda eng yuqori ball bilan o’tgan 3 ta ishtirokchiga Shayx Muhammad Sodiq Akademiyasi tomonidan 1-o’quv yili uchun:

1-o’ringa: 50% chegirma;

2-o’ringa: 25% chegirma;

3-o’ringa: 25% chegirma taqdim etiladi;

  • Ayol-qizlar yo’nalishida o’qib, imtihonlarda yuqori natijalarni qo’lga kiritgan bitiruvchilarga Fatih Sulton Mehmet Vakif Universiteti tomonidan 1-o’quv yili uchun 50% lik chegirma taqdim etiladi.




12) Bu onlayn kursda ayol-qizlar ham o’qishi mumkinmi?

  • Ha ayol-qizlar ham tahsil olishlari mumkin. Ularga ayol ustozalar jalb qilingan.
  • Erkaklar uchun mavjud tariflar ayol-qizlar uchun ham amal qiladi.


13) Qaysi saviyalardan o’quvchilar qabul qilinadi?

  • A1 va A2 saviyalaridan
  • Darslar boshlanganidan keyin guruhga tashqaridan yangi o'quvchi qabul qilinmaydi.


15) Har bir guruhda nechtagacha talaba o’qiydi?

  • 12 kishidan 16 kishigacha;
  • Ayol va erkaklar guruhlari alohida-alohida tashkil etiladi.



Report Page