Brokerlik hisobraqami ochish

Brokerlik hisobraqami ochish

Jett investitsiya servisi
Jett servisi orqali Brokerlik hisobraqamini 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston fuqarolari hamda O‘zbekistonda yashovchi nerezidentlar onlayn ochishlari mumkin. Chet el fuqarolari uchun hisobraqam brokerga to‘g‘ridan-to‘g‘ri @alkesresearch telegram manziliga murojaat qilish orqali ochiladi.

Jett servisida masofadan turib brokerlik hisobraqamini ochish xizmati narxi
5,000 so‘mni tashkil etadi.

Brokerlik hisobraqamini ochish uchun:

1. Multicard ilovasini Play Market yoki App Store dan yuklab oling;

2. Ilovada avtorizatsiyadan o‘tib, keyinchalik brokerlik hisobraqamini to‘ldirish uchun bank kartasi (UZCARD yoki HUMO)ni bog‘lang;

3. Bosh sahifada "Investitsiyalar" bo‘limida "Boshlash" tugmasini bosing;

4. “Hisob raqam ochish” tugmasini bosing va onlayn identifikatsiyadan o‘tish uchun, pasport seriyasi hamda tug‘ilgan sanangizni kiriting;

5. Identifikatsiyadan o‘ting hamda sizning ma’lumotlaringiz ko‘rsatilgan sahifada elektron pochtangiz manzilini yozing va brokerlik hisobraqamini onlayn ochish xizmatiga to‘lov qilish uchun kartani tanlang;


6. Investitsiya vositachisining xizmat ko‘rsatish shartnomasi va Jett servisidan foydalanish shartlari bilan tanishing. Kataklarni belgilab, roziligingizni tasdiqlang. "Davom etish" tugmasini bosishingiz bilan brokerlik hisobraqami ochish bo‘yicha arizangiz qabul qilinadi.

Brokerlik hisobraqami "Toshkent" Respublika fond birajasining ish vaqtida (ish kunlari soat 9:30 dan 16:00 gacha) ariza berilganidan so‘ng 15 daqiqa ichida onlayn tarzda ochiladi.


Report Page