Kadr. Begunoh 74
Orhan BabakurbanBolsheviklar inqilobi 1920-yillar boshlarida Oʻrta Osiyoda ijtimoiy va siyosiy tartibsizliklarni keltirib chiqargan muhitni yaratdi.
Monarxiyalar jumhuriyatlarga aylantirildi, shulardan biri Buxoro Xalq Sho’rolar Jumhuriyati nomi bilan yangi davlat tashkil topdi.
Davlatda kadrlar yetishmasligini sezgan Jadid hukumat rahbarlari o’z yigit-qizlarni xorijga o‘qishga jo‘natish bo‘yicha ulkan ta’lim loyihasiga qo’l urdilar. Talabalarni Evropaning o’sha paytdagi qoq san’at va fan markazida, ya’ni Berlin, Germaniyada o’qitish asosiy maqsad bo’lgan.
Keling, begunoh 74 nafar talabalarning o’z xalqini mustaqillikka erishish yo’lida bilim olishga bo’lgan intilishlari, umid va orzulari, mashaqqatli sinov va hayot yo’llariga bir sayohat etaylik.
Ushbu xotira taqdimotida vatanga qaytish nasib etgan va qaytmagan talabalar taqdirini o’rganishda noyob tarixiy fotosuratlar, filmlar va hujjatlar o’rin olgan.