Kadastr yo'nalishida Davlat xizmatlaridan foydalanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish yo'lida 

Kadastr yo'nalishida Davlat xizmatlaridan foydalanishdagi kamchiliklarni bartaraf etish yo'lida 

munosabat

 Davlat xizmatlarini ko‘rsatishda Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan har bir murojaatlarga alohida e’tibor qaratilib, ularning ijobiy yechim topishida barcha choralar ishga solinmoqda.


Davlat xizmatlari agentligi tomonidan olib borilgan davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi 2022 yil yanvar oyi holatiga eng ko‘p qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan tashkilotlar 5 taligida kadastr tizimining ham borligi biz uchun noxush holat bo‘ldi. Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparat rahbari hududlar bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordi. 

O‘rganilganda "DAVREESTR PRO-2" dasturida shakllantirilgan kadastr pasportlarini yanvar oyi tahlili davomida hududiy boshqarmalarning tuman va shahar filiallari tomonidan 49 122 ta buyurtmalar qabul qilingan bo‘lib, shundan 508 tasining muddat buzilganligiga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi. Samarqand va Buxoro viloyatlarida eng ko‘p muddat buzilish holati kuzatilib, uning sabablari o‘rganildi va kelgusida bartaraf etish choralari ko‘rildi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha yanvar oyi yakuni natijalariga ko‘ra, 6 ta viloyat boshqarmalari mutasaddilariga ma’muriy jazo belgilandi.  


Kelgusidagi faoliyatda davlat xizmatlari ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan xatolar takrorlanmasligi uchun yanada katta shijoat bilan xarakat qilinadi.


#DavKadastrPalata #DXA_xizmatlari #choralar

Report Page