Kadastr sohasi – qonun ustuvor soha
Avval xabar berganimizdek Kadastr agentligi direktori tomonidan o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosi yuzasidan Namangan viloyati boshqarmasi tizimida Yer nazorati ishlari jadal davom etmoqda.
Unda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni aniqlash va qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish uchun boshqarmaning 16 ta Ishchi guruhlari hududlarda yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olish bo‘yicha faoliyat olib bormoqdalar.
Bugun ertalabdan boshqarmaning 1-Ishchi guruhi nazorat ishlarini Pop tumanida, 2- Ishchi guruh Chust tumanida qolgan Ishchi guruhlar o‘z hududlarida yer nazorat ishlarini davom ettirmoqdalar.
Tadbirda asosiy e’tiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratilmoqda.
Masalan, Chust tumani, Qayirma MFY da fuqaro S.M. tomonidan oʻzboshimchalik bilan 66 kv.m. yer maydoni egallab olingan. Ushbu holat yuzasidan MJtK ning 60-modda 3-qismi (O‘zboshimcha egallangan yerlarda qurilish ishlarini amalga oshirish) boʻyicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Yoki, To‘raqo‘rg‘on tumani, “Obod” MFY hududidan o‘tuvchi Sirdaryo mintaqa yerida fuqarolar A.P. va R.O. qishloq xo‘jaligi yeriga o‘zboshimchalik bilan 120 va 160 kv.m. molxona binolarini qurganlar. Ularga o‘rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.
Yer nazorati tadbirlari haqida Sizlarni xabardor qilib boramiz. Bizdan uzoqlashmang!
Matbuot xizmati.