Kadastr sohasi – qonun ustuvor soha
Kadastr agentligi direktori F.Pulatovning joriy yil 29- aprel kungi videoselektordagi topshiriqlari ijrosi yuzasidan Namangan viloyati boshqarmasida “Dolzarb 40 kunlik” loyihasi doirasida Yer nazorati ishlarini faollashtirish, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni aniqlash va qonun buzilish holatlariga nisbatan keskin choralarni ko‘rish uchun boshqarmaning 2 ta doimiy Ishchi guruh tuzildi.
Shuningdek, Namangan viloyatning barcha tumanlarida bo‘lim boshliqlari rahbarligida 14 ta Ishchi guruhlar tuzilib o‘z ish faoliyatini boshladi.
Bugun ertalabdan 1-Ishchi guruh, boshqarma boshlig‘i B.Pazilov boshchiligida Pop tumanida va 2-Ishchi guruh, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari F.Mirzabaev boshchiligida Chust tumanida nazorat ishlarini boshladilar.
Tadbirda asosiy e’tiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llardagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratilmoqda.
Masalan, Pop tumanininig "Vodiy" massivida, "Gulshan Navbahor" F/Xga qarashli, qishloq xo'jaligi xaritasining 261-konturida joylashgan 44 ball bonitetga teng, sug'oriladigan ekin yer maydoniga "O'rta xonabod" MFYda yashovchi fuqaro Q.A. tomonidan uy-joy qurish maqsadida 0,16 gektar yer maydonini o'zboshimhalik bilan egallab olgan hamda beton poydevor qurish ishlarini amalga oshirgan. Ushbu amalga oshirilayotgan noqonuniy ish ko'rilgan tezkor choralar natijasida to'xtatildi hamda bartaraf etildi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 1-Ishchi guruh Pop tumanida 10 ta, 2-Ishchi guruh Chust tumanida 8 ta va Mingbuloq, To‘raqo‘rg‘on Yangi Namangan tuman bo‘limlari tomonidan 11 ta, jami 29 ta noqonuniy holatlar aniqlanib tegishli hujjatlar rasmiylashtirilmoqda.
Kun davomida Yer nazorati tadbirlari haqida Sizlarni xabardor qilib boramiz.
Matbuot xizmati.