Kadastr agentligining Turkiy davlatlar bilan aloqalari amaliy bosqichga olib chiqilmoqda.

Kadastr agentligining Turkiy davlatlar bilan aloqalari amaliy bosqichga olib chiqilmoqda.

Kadastr agentligi Axborot xizmati

Joriy yilning 20-25-avgust kunlarida Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari A.Allaberganov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyaning Yerni ro‘yxatga olish va kadastr bosh mudirligi bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, Turkiya kadastr sohasini institutsional o‘rganish va tajriba almashish maqsadida Turkiya Respublikasiga tashrifi bo‘lib o‘tdi.

20-25-avgust, Turkiya Respublikasi

Tashrif davomida:

  • Bosh direktorat bilan yer maʼmuriyatchiligi, geodeziya va kartografiya, davlat kadastrini yuritish va ko‘chmas mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yer nazorati kabi sohalarda Turkiya tajribasini o‘rganish va tomonlar o‘rtasida tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish;
  • TAPU va Kadastr mudirligi Anqara va Antaliya boshqarmalarida aholi ko‘chmas mulklarini ro‘yxatga olish hamda xatlov qilish;
  • Bosh mudirlik qoshidagi Axborot texnologiyalari markazida 3D kadastr va xaritalash, kadastr ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va ularni saqlash;
  • HARMIAD – xususiy kadastr muhandis-ishbilarmonlari uyushmasi rahbariyati yer va ko‘chmas mulkni boshqarish kadastr tizimida xususiy sektorni o‘rni kabi masalalarda uchrashuv va muzokaralar o‘tkazildi.
20-25-avgust, Turkiya Respublikasi
Bundan tashqari, geodeziya, kartografiya va kadastr ishlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri joyida o‘rganish maqsadida, delegatsiya Anqara shahri, Chankaya munisipaliteti rayonlashtirish boshqarmasiga, so‘ngra Chankaya Fuqarolik ro’yxatga olish boshqarmasiga tashrif buyurib, jarayon bilan tanishdi.

Aholiga tegishli yer uchastkalarini ro‘yxatga olish va xaritalash ishlarini kuzatish uchun Korkuteli munisipaliteti Kozagachi tumanida bo‘lgan delegatsiya, Fazoviy ko‘chmas mulk tizimi – MEGSIS faoliyati bilan real vaqt rejimida joyida tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

20-25-avgust, Turkiya Respublikasi
20-25-avgust, Turkiya Respublikasi
20-25-avgust, Turkiya Respublikasi

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda Turkiya kadastr tizimidagi turli yo‘nalishlar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi. 

 Tashrif yakuniga ko‘ra, idoralararo o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida bir nechta qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqish hamda hamkorlikni davom ettirishga kelishildi.


Report Page