Kadastr agentligi tuman bo‘limi boshlig‘i B.Siddiqov ishtirokida navbatdagi matbuot anjumani o‘tkazildi.
Mavzu: O‘zboshimchalik holatlariga chek qo‘yish borasida olib borilgan ishlar.
Barchamizga ma’lumki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-sonli qarori qabul qilingandan so’ng Kadastr agentligi tizimida bir qancha o‘zgarishlar kiritib o‘tildi.
Shu jumladan bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustda “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va Davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-708-sonli qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi “Davlat yer va kadastr nazoratini amalga oshirish tartibi hamda Davlat geodeziya nazoratini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi 183-sonli qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan Kadastr agentligi Qo’shrabot tumani bo‘limi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur qonun qabul qilish munosabati bilan yer uchastkasiga hamda Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik, o’zboshimchalik bilan yerlarni egallab olish hamda davlat kadastrlar yuritish tartibini buzish bilan bog’liq ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlar faqat Kadasrt Agentligi tomonidan ko’rib chiqishi belgilangan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 2661-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Kadastr agentligining organlariga ma’muriy javobgarlik kodeksining 60-moddasi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida, 601-moddasida, 68-moddasida 681-moddasida va 69-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zboshimchalik holatlarini bartaraf etilishi yuzasidan yer qonunbuzilishi holatini sodir etgan fuqarolarga nisbatan bo‘lim tomonidan yozma ko‘rsatma va ogohlantirishlar berilishi natijasida 111 ta holatda 10.121 gektar yer maydonlaridagi o‘zboshimchalik holatlari ixtiyoriy bartaraf etilib, dastlabki holatiga qaytarilishi ta’minlandi.
Berilgan ogohlantirish va tegishli ko‘rsatmalardan tegishli xulosa chiqarmasdan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlarini o‘z holiga qaytarilmaganligi yuzasidan 26 ta holatda 12.16 gektar yer maydondagi qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli sud idoralariga noqonuniy qurilmalarni buzdirish va yer maydonlarini yer egalari ixtiyoriga qaytarilishi to‘g‘risida da’vo arizalar kiritildi.
Yuqoridagi qonun hamda farmonlarga muvofiq Qo‘shrabot tumani hududlarida monitoring nazorati tashkillashtirib, fuqarolarga oʻzboshimchalik holatga yo‘l qo‘ymaslik masalasida chora tadbirlar mahallala raislari hamda faollari ishtirokida targʻibot ishlari o‘tkazilib kelinmoqda.
Tumanimiz fuqarolaridan qonunga zid ravishda o‘zboshimchalik holatlariga yo‘l qo‘ymaslikni so‘rab qolamiz, ze’ro qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi.