Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Bandixon tuman bo‘limi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Bandixon tuman filiali yangi binoda ish boshladi.
https://t.me/surxonkadastrViloyat markazidan ancha uzoqda joylashgan Bandixon tumani markazida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Bandixon tuman bo‘limiga zamonaviy tipda qurilgan, barcha sharoitlarga ega yangi maʼmuriy bino foydalanishga topshirildi.
Bandixon tumani Kadastr agentligi bo‘limi hamda Davlat Kadastrlari palatasining Bandixon tumani filialining o‘z balansida maʼmuriy binosining mavjud emasligi tuman aholisi va tadbirkorlik subyektlariga muammolar keltirib chiqarar edi.
Mazkur maʼmuriy binoning ochilish marosimida Bandixon tumani hokimligi mutasaddi vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshliq o‘rinbosari S.Shukurov shuningdek tuman faollari va keksalar ishtirok etdilar.
Maʼlumot uchun Bandixon tumanida umumiy yer maydoni 68 ming 424 gektarni, uy-joylar soni 17 ming 775 tani, noturar joy obyektlari soni 542 tani tashkil etadi.
-Yer – bitmas-tuganmas xazina, lekin uning hisobi bor. Xuddi ana shu hisobni Kadastr bo‘limi olib boradi, shunday ekan bu sohaga loyiq inson bo‘lishimiz zarur.