Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar


Kadastr agentligining viloyat boshqarmasi tomonidan Bugungi kunda kadastr agendigi tomonidan hududlarda zamonaviy texnologiyalar, kosmik suratlar va dronlar yordamida yurtimiz bo‘ylab yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish, noqonuniy qurilmalar qurish holatlari aniqlanmoqda. Shuningdek Kadastr agenligi sohasida 29 aprel kunidan boshlab yer va kadastr nazorati kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

Kadastr agentligining Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan joriy yil boshidan 30 aprel kuniga qadar 947 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 97,15 gektar yer maydonlarida o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlar aniqlangan, shundan 104 ta xolatda 2,40 gektar uy-joy qurish, 489 ta holatda 4,98 gektar noturar-joy qurish va yengil konstruksiali obektlar o‘rnatish, 354 ta holatda 89,74 gektar dala tomorqa yer maydonlari va boshqa maqsadlar uchun foydalinib kelayotganligi aniqlandi.

Shu jumladan, 947 ta jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish va ushbu yer maydonlarida qurilgan imoratlarni o‘z hisobidan bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma xatlari berilgan, shundan 594 ta holatda 18,84 gektar tomorqa sifatida foydalangan yer maydonlari va noqonuniy qurilmalar fuqorolar xisobidan baratraf etilishi taʼminlandi.\

Qo‘llanilgan huquqiy taʼsir choralar:

2024-yil 4 oyligi davomida huquqbuzarliklar to‘g‘risida jami 1 179 ta maʼmuriy ish hujjatlar tuzilgan. Shundan, MJtKning 271-moddasiga muvofiq, huquqbuzarlik bartaraf etilganligi tufayli 423 ta maʼmuriy ishlar bo‘yicha ishlar tugatilgan, 99 tasi ko‘rib chiqish jarayonida, qolgan 609 nafar huquqbuzarlarga nisbatan jami 7 253,2 mln. so‘mlik jarima jazolari tayinlangan. Tayinlangan jazolarning 29,8 % foizi yaʼni 403 tasi yoki

1 187,1 mln. so‘mi huquqbuzarlar tomonidan to‘lab berildi. To‘lab berilgan jarimalarning 1 323,7 mln. so‘mi 15 kunlik yaʼni 30-50 foizli chegirma muddat ichida to‘langanligi sababli (50-70 % chegirmasi 975 mln so‘m) imtiyoz qo‘llanilgan.

O‘z vaqtida undirilmagan 74 tasi 1 956,7 mln. so‘mlik jarimalarning huqubuzarlar tomonidan belgilangan muddat ichida to‘lamaganliklari sababli Majburiy ijro byurolariga ijro qilishlik uchun yuborildi. Shundan, MIB tomonidan 1 ta 0,5 mln so‘m undirildi, qolgan 73 nafar huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llanilgan 1 956,1 mln so‘mlik jarimalar amalda ijro etilmoqda.

 

Dolzarb 40 kunlik bo‘yicha maʼlumot

Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug‘i bilan joriy yilning 29-aprel kunidan boshlab respublikamiz bo‘ylab Kadastr agentligi tomonidan kuchaytirilgan tartibda yer va kadastr nazorati amalga oshirilmoqda.

Kuchaytirilgan tartibda yer va kadastr nazorati davomida Kadastr agentiligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan joriy yilning 20-may kuniga qadar jami 388 ta holatda 222,62 ga yer maydonida qonun buzilish holatlari aniqlandi. Shundan 30 holatda 158,74 ga yer maydoni Qishloq ho‘jaligi yer maydonida bo‘lsa, 358 holatda 63,88 ga yer maydoni aholi punklar toifasidagi yerlardaligi aniqlandi.

Shu jumladan 360 ta holatda 127,30 ga yer maydoni o‘zboshimcha yegallanib unda noqonuniy qurilish va noqonuniy qurilmalar o‘rnatish ishlari amalga oshirilgan bo‘lsa, 18 ta holatda 35,03 ga yer maydoni huquqiy mavjud bo‘la turib davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganli aniqlangan va 10 ta holatda 60,29 ga yer maydonlaridan maqsadsiz foydalanish holatlari aniqlandi.

 

Kuchaytirilgan tartibda yer va kadastr nazorati davomida xususan, qonunga zid eng ko‘p yer maydonlari o‘zlashtirilgan hududlar:

 

Boyovut tumani - 43 ta holatda 2,77 ga;

Guliston shahar - 41 ta holatda 0,24 ga;

Sayxunobod - 40 ta holatda 2,19 ga;

Yangiyer shahar - 40 ta holatda 55,37 ga to‘g‘ri kelmoqda.

Report Page