#Kadastr_Jizzax

#Kadastr_Jizzax

#xalq_bilan_birga

CHEGARALARGA ANIQLIK KIRITILDI

Har bir murojaat ortida inson va uning taqdiri bor. Jizzax shahar, ‘Olmazor’ mahallasi hududidagi xonadonlardan birida istiqomat qiluvchi, yakka tartibdagi tadbirkor Shuhrat Hamidjonov 2021 yil 7 sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasiga murojaat qiladi.

Sh.Hamidjonov o’z murojaatida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi uchun auksion savdosi orqali sotib olgan ikkita yer uchastkasining chegaralariga aniqlik kiritib berilishida va qurilish qilishi uchun yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etilishida amaliy yordam so‘ragan.


Murojaatni o‘rganish davomida Sh.Hamidjonovning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 dekabrdagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish tartib- taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1023-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida o‘tkazilgan auksion savdosida ishtirok etib, 2021- yil 3-mart kuni Jizzax shahar “Ittifoq” mahallasi hududidan har biri 0,02 ga dan bo‘lgan yer uchastkalarini sotib olganligi aniqlandi.

Murojaatchi Sh.Hamidjonovga ushbu yer uchastkalarining chegaralariga aniqlik kiritilib, ajratilgan yer uchastkalari amaldagi qonunchilik asosida berilganligi, ushbu yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirishi mumkinligi ma’lum qilindi.

https://t.me/Jizzax_kadastr_axborot




Report Page