Kadastr - inson manfaati ustuvor soha

Kadastr - inson manfaati ustuvor soha


    Vodiyning jannatmakon go‘shalaridan bir Namangan viloyati bo‘lsa, Mingbuloq tumani shu go‘shani insonlari mehnatkash, serharakat, yeri serhosil va qishloqlari obod maskanlardan.

   Mingbuloq tumani hududi 52,5 ming gektarni tashkil qilib, jami 27332 ta ko‘chmas mulk obyektlari mavjud. Davlat kadastrlari palatasining Mingbuloq tumani filialida tuman aholisi va tadbirkorlariga qulaylik yaratish uchun tumanimizdagi mavjud 40 ta mahalla fuqarolari yig‘inlariga bir nafardan kadastr muhandisi biriktirilgan. Ular MFY raislari, hokim yordamchilari va boshqa mahalla yettiligi bilan birgalikda ish tashkil qilib aholi hamda tadbirkorlarning murojaatlarini joyida hal qilmoqdalar. Kunlik ish faoliyatimizda inson manfaati ustuvorligini taʼminlashga katta eʼtibor qaratmoqdamiz.

   Masalan joriy yilning o‘tgan 1-choragida filialga jami 255 ta murojaat bo‘lgan bo‘lsa, ulardan 207 tasi joyiga chiqib o‘rganildi va ijobiy hal qilindi. Qolgan 33 tasiga huquqiy tushuntirish berildi, 15 ta murojaat qo‘shimcha o‘rganish talab qilganligi sababli nazoratga olindi.

    Bu ishlarni tashkil qilishda filialimizning jonkuyar ilg‘or xodimlari topograflar J.G‘anijanov, U.G‘ofurjanov va yerlarni auksionga chiqarish mutaxassisi L.Jalolxonovlar o‘zlarining katta hissalarini qo‘shmoqdalar.

    Sohada 9 yildan ortiq ishlayotganligim sababli 2015 yildan keyingi o‘zgarishlarni solishtira olaman. Filialimizda 5-6 yil avval tuzukroq kompyuterimiz ham yo‘q edi. Hozirda yaratganga shukurki, ishlash uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy kompyuter texnikasi, yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i, zamonaviy GPS tarmog‘i orqali ishlaydigan o‘lchov asboblari bilan taʼminlanganligi sababli ishlarimiz yana-da tezlashib sifati oshmoqda. Eng asosiysi oylik maoshlar vaqtida berilib, qo‘shimcha mukofot pullari ham olmoqdamiz.

   Bunday yaxshi natijalarga erishishimizni asosi muhtaram Prezidentimizning kadastr sohasiga bergan katta eʼtiborlari va sohamiz rahbarlarining o‘z vaqtida qabul qilgan to‘g‘ri qarorlaridan deb bilaman.

    Maqsadimiz tumanimiz aholisi va tadbirkorlariga halol, sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatib ularni uzog‘ini yaqin, og‘irini yengil qilishdir.

 

Davlat kadastrlari palatasining

Mingbuloq tumani filiali boshlig‘i                        Sh.Axmedov.

Report Page