KUZGI BUG‘DOY

KUZGI BUG‘DOY

t.me/ykfoundation

Mamlakatimizda bug‘doy, arpa, javdar, suli, tritikale, sho-li, makkajo‘xori, jo‘xori, tariq kabi donli ekinlar, loviya, mosh, no‘xat, soya, ko‘k no‘xat kabi dukkakli don ekinlar ham-da yeryong‘oq, kungaboqar, maxsar, raps, kunjut, zig‘ir va boshqa moyli ekinlar tomorqa yer egalari, fermer va dehqon xo‘jalilarida yetishtirib kelin­moqda.

Bu ekinlar orasida bug‘doy ekini eng katta ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi.

      Ahamiyati. Bug‘doy eng ko‘p tarqalgan asosiy donli ekin bo‘lib, butun dunyo xalqlarining yarmidan ko‘prog‘i oziq - ovqat sifatida bug‘doy nonidan foydalanadi. Bug‘doy nonning tarkibida oqsil va kraxmal ko‘p, oqsil moddalar asosan kleykovina tarkibida bo‘lganligi uchun uning unidan sifatli non tayyorlanadi. Bug‘doy noni o‘zining ta’mi, to‘yimliligi va hazm bo‘lishi bilan yuqori baholanadi. Bug‘doy donining tarkibida uning naviga, ekish sharoitiga qarab 11,0% dan 18-19% gacha oqsil moddasi bo‘ladi. Bug‘doy nonidagi oqsilni hazm bo‘lishi 95% ni tashkil qiladi. Bundan tash-qari, bug‘doy donidan yorma tayyorlanadi, uning uni makaron va konditer, sanoatida ishlatiladi. Bug‘doyning somoni va poxoli yem xashak sifatida chorva mollariga beriladi, yanchishdan chiqqan chiqindilari yuqori sifatli ozuqa hisoblanadi.

Ekish uchun tavsiya etilgan navlar: O‘zbekistonda ekib kelinayotgan mahalliy kuzgi yumshoq bug‘doy navlari: Zimnitsa, Bardosh, Andijon 1;2;4, ASR, Baxmal 97, Bobur, Buzka’la, Do‘stlik, Durdona, Jayxun, Zumrad, Kukbulak, Mars 1, Matonat, Chilla-ki, Hosildor, Yaksart, Yanbash, Omad, Saidaziz;

Xorijiy kuzgi yumshoq bug‘doy navlari: Vostorg, Gratsiya, Grom, yesaul, Intensivnaya, Krasnodarskaya 99, Kuma, Kroshka, Moskvich, Nota, Pamyat, Rapsodiya, Starshina, Tanya, Fortuna va boshqa istiqbolli navlarni ekish tavsiya qilinadi.

Urug‘ tanlash va ekishga tayyorlash. Ekish uchun yirik, 1000 dona donning vazni  40-42 grammdan kam bo‘lmagan, saralangan, butun (sinmagan), urug‘liklarni tanlash tavsiya etiladi.

Yerni tayyorlash. Dastlab ekin maydoni o‘tmishdosh ekinlar qoldiqlaridan, begona o‘t poyalari va ildizlari, boshqa yot narsalardan tozalanadi. 1 sotixga 180-200 kg (10 sotixga 1,8-2 t) chirigan, toza go‘ng solinadi. Kuzgi bug‘doy tuproqning unumdorligiga, begona o‘tlardan toza va nam bilan yaxshi ta’minlangan tuproqlarga talab-chandir. Barqaror mo‘l hosil olish uchun kuzgi bug‘doyni almashlab ekishda to‘g‘ri joylashtirish muhim ahamiyatga ega.

  Yerni ishlash. Kuzgi bug‘doy ekiladigan yerlarni undan oldin shu maydonda qanday ekin ekilganligi va dalaning begona o‘tlardan qay darajada tozaligiga qarab ishlanadi. Bug‘doyni optimal muddatda ekish va yerni yaxshi ishlash uchun oldingi ekindan bo‘shagan maydonlar sug‘oriladi. Tuproq yetilgandan so‘ng shudgorlash, boronalash va molalash tavsiya etiladi. Sho‘rlangan yerlarga kuzgi bug‘doy ekishdan oldin tuproq sho‘ri yuviladi.

  Ekish muddati va me’yori. Urug‘ ekish me’yori urug‘likning sifatiga, tuproq unumdorligiga va suv bilan ta’minlanishiga qarab har xil bo‘ladi. Lalmi yerlar unumsiz va suv bilan ta’minlanmagan-ligi sababli gektariga sarf qilinadigan urug‘ miqdori sug‘oriladigan yerlarga nisbatan kam bo‘ladi. Shunga ko‘ra bunday yerlarda bir gektar yerga 2,0-2,5 mln. dona, ya’ni 60-70 kg don 120-125 kg gacha urug‘ sarflanadi.

Sug‘oriladigan yerlarning unumdorligi yuqori va suv bilan ta’minlanganligi sababli o‘simlik qalinligini oshirish hisobiga yuqori hosil olinadi. Shuning uchun sug‘oriladigan yerlarda urug‘ ekish me’yori lalmi yerlarga nisbatan ikki barobar ko‘p, ya’ni gektariga 4-5 mln.dona, ya’ni 180-220 kg bo‘lishi kerak.

Maqbul ekish muddati 10 oktabrdan 10 noyabrgacha. Kichik tomorqa va dehqon xo‘jaliklarida urug‘lik sepiladi hamda tuproq­ qa 3-4 sm chuqurlikda vertikal simli panshaxa (grabli) yordami-da aralashtiriladi. Agar urug‘lar tuproqqa belgilangan chuqurlikka ko‘milmasa, o‘simlikni tuplanish bo‘g‘ini yuza joylashib, uni yo-tib qolishga moyilligi oshadi. Poyalarning yotib qolishi esa hosil-dorlikning kamayishiga olib keladi. Urug‘lar tuproqqa yaxshilab aralashtirilgandan­ so‘ng jo‘yak yoki pol olinadi. Ekishni aslo ke-chiktirmaslik kerak. Aks holda nihollar qishki tinim davriga to‘la tuplagan holda kirmaydi hamda qishki sovuqlar va turli kasalliklar-ga chidamsiz bo‘lib qoladi.

Parvarishlash. Kuzgi bug‘doy urug‘i ekilib, jo‘yak yoki pol olingandan keyin nihollarni to‘la undirib olish uchun darhol urug‘ suvi beriladi. Bunda yer, ayniqsa, jo‘yaklar to‘la namlanishi lozim. Keyingi sug‘orishlar barglarining holatiga qarab o‘tkaziladi. O‘sim-lik chanqasa bargi to‘qlashadi, buklanganda sinmaydi. Umuman, g‘allani 3-4 marta sharbat usulida sug‘orish zarur. 1 sotix maydonga sof holda 1,5-2 kg azotli o‘g‘it sepiladi. G‘allazorni begona o‘tlardan tozalash doimiy ravishda amalga oshiriladi.

  Hosilni yig‘ishtirish. Aholi tomorqalariga ekilgan boshoqli don ekinlari asosan qo‘l kuchi yordamida o‘rilib, g‘aramlanadi. Hosil yanchish moslamalari yoki kombaynlar yordamida yanchib olinadi. Yetilgan don hosilini muddatidan kechiktirib yig‘ishtirish hosildor-likning pasayishiga, donning bekorga nobud bo‘lishiga olib keladi. Bug‘doy somoni chorva mollari uchun ozuqadir.

Iqtisodiy samarasi. 10 sotix maydonga 20 kg bug‘doy urug‘I 2 000 so‘mdan 40 ming so‘m sarflanadi. Umumiy xarajat-lar 220 ming so‘mni tashkil etadi. Hosilning bir kilogrami 1800 so‘mdan sotilganda (o‘rtacha 10 sotixdan 600 kg hosil olinsa) 1 080 ming so‘m bo‘ladi. Shunda 10 sotix maydondan (somonidan tash-qari) 860 ming so‘m sof foyda olish mumkin.

Menyuga qaytish.



Report Page