“KUTUBXONA BO`YLAB SAYOHAT ”


Joriy yilning 20 sentabr kuni tuman axborot – kutubxona markazida Abonementlar va Foydalanuvchilarga xizmat ko`rsatish rahbari G.Axmedova tomonidan tuman kasb – hunar maktabining kutubxonachisi D.Murodova,psixolog M.Qo`liyeva, 1 – kurs o`quvchilari bilan hamkorlikda “Kutubxona bo`ylab sayohat” tashkil etildi.

Sayohat davomida o`quvchilarga axborot -kutubxona markazi haqida ma’lumot berilib u yerda mavjud adabiyotlar va elektron xizmatlar haqida tanishtirib o’tildi.


O`quvchilar o`rtasida axborot – kutubxona markazida boyitilgan Oybekning “Qutlug` qon”, Asqad Muxtorning “Opa – singillar”, Ch.Aytmatovning “Asrni qaritgan kun”, “Qiyomat” , A.Qahhorning “O`tmishdan ertaklar”, P.Qodirovning “Uch ildiz” kabi atoqli adiblar kitoblarining targ`iboti o`tkazildi.


Tadbirdan so`ng , axborot – kutubxona markaziga 9 nafar kasb – hunar maktabining 1 – kurs o`quvchilari obuna bo`lishdi.

Maqsad: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgariy surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini ta'minlash, yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ularni kitobxonlikka jalb qilish.Shuningdek, kelajak avlodimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yoshlarni barcha qatlamlarini kitob o’qishga da’vat etish hamda kitobxonlikka bo’lgan qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash, joylarda adabiy muhit shakllanishiga erishish,va ular ongida vatanimiz tarixi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar,ijtimoiy hayot haqidagi tushuncha bilim ko’nikmalarini yanada yaxshilash, ularni kitobxonlikka jalb qilishdan iborat.
Qorovulbozor tuman kasb - hunar maktabi kutubxonachisi D.Murodova