#MMTest

#MMTest


@DS_adminbot

MAQSAD. MMTest loyihasi ta’lim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tadqiqotlarga oid bilimlaringizni oshirib borishingizga Sizga koʻmaklashadi.

  TARTIB. MMTestda ishtirok etishingiz uchun eng avvalo roʻyxatdan oʻtgan boʻlishingiz lozim.


Hudud tanlanadi
Tuman (shahar) tanlanad
Oʻzingiz haqingizdagi ma'lumotlarni kiritasiz



 

ISHTIROKCHI RAQAMI. MMTestda ishtirok etishingiz uchun eng avval siz bir marta olinadigan ishtirokchi raqamiga ega boʻlishingiz lozim.

Test bajarish uchun ishtirokchi raqamini kiritasiz

Shuni takidlash lozimki, ishtirokchi raqami faqat bir marta olinadi (roʻyxatdan oʻtish jarayonida). Bundan kelgusida berib boriladigan barcha testlarni bajarishingizda foydalanasiz. Natijada ushbu test Siz tomoningizdan ishlanayotganiga aniqlik kiritiladi.

Ishtirokchi raqamini olishingizdan maqsad, test bajarish uchun ortiqcha vaqt sarflamaslikdir. Har safar navbatdagi test topshirigʻini bajarish uchun oʻzingiz haqingizdagi ma’lumotlarni qayta-qayta kiritavermaysiz, faqatgina ishtirokchi raqaminigina kiritasiz va testni bajarasiz.

Ishtirokchi raqamini olmasdan test bajarganingizda natijalaringiz hisobga olinmaydi. Shuningdek, bir necha marotaba ishtirokchi raqamini olgan boʻlsangiz eng birinchi roʻyxatdan oʻtgan raqamingiz tan olinadi. Yoki aksincha, agar bitta raqam bilan bir becha respondent roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, eng birinchi shu raqamni olgan shaxs roʻyxatdan oʻtgan hisoblanadi, keyingilar oʻtganlar hisobga olinmaydi. Shuningdek, oʻzingiz haqingizdagi ma’lumotlarni notoʻgʻri yoki toʻliq kiritmagan boʻlsangiz ham natijalaringiz hisobga olinmaydi (agar yuqoridagi kabi xatolarga yoʻl qoʻygan boʻlsangiz, @DS_adminbot orqali adminga murojaat etib, kamchiliklarni bartaraf etishingiz mumkin).

Test savollariga toʻgʻri javob bergan ishtirokchilar toʻgʻrisdagi ma’lumotlar ham bazamizda toʻplanib boradi. Xato javob berganlar haqidagi ma’lumotlar yigʻilmaydi. Shuningdek, viloyatdagi, tuman (shahar) dagi pedagoglar aktivligi haqida xulosalar olinadi. Qolgan koʻrsatkichlar boʻyicha yakuniy xulosalar ham taqdim etiladi.

Test savollari ma’lum muddatda takroran berib boriladi. Shuning uchun savollarning toʻgʻri javoblarini eslab qolishga harakat qiling.

Testlarda ishtirok etish mutlaqo ihtiyoriy.


DASTLAB "#MMTest 1 - XABARDORLIKNI OSHIRISHGA OID 10 TA TEST" HAQIDA.

Ommaning xalqaro tadqiqotlar haqidagi xabardorligini oshirishga qaratilgan testlar (barcha uchun).
Bunda bir donadan test savollari belgilangan kundan boshlab 10 kun davomida soat 12:00 da https://t.me/milliymarkaz telegram kanalida berib boriladi.

Kelasi kunida ushbu savolning toʻgʻri javobi hamda eng birinchi toʻgʻri javob yuborgan 10 nafar ishtirokchilar e’lon qilib boriladi.

Agar bitta savolga bir necha marotaba javob yoʻllagan boʻlsangiz dastlabki 10 talikda eng birinchi yoʻllangan javobingiz hisobga olinadi (agar bu javobingiz xato boʻlsa, 10 talikka kira olmaysiz).

Jami testlar 10 ta boʻlib, har bir test uchun olishingiz mumkin boʻlgan ballar belgilab qoʻyilgan (0, 1, 2, 3, 4). Barcha testlarni toʻliq toʻgʻri bajarganingizda 30 ballga ega boʻlasiz.

#MMTest LOYIHASI DOIRASIDA TAKLIFLARINGIZNI KUTIB QOLAMIZ.

Kelgusida #MMTest 2, #MMTest 3 kabi boʻlimlar ham ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Takliflaringizni kutib qolamiz.
Shuningdek, test savollarni tuzib, javobini asoslantirivchi manbalar bilan bizga yuborsangiz, #MMTest 3 da testingiz bilan ishtirok etishingiz mumkin!

Takliflar va murojaat uchun: @DS_adminbot.

Agar roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsangiz, 👉 roʻyxatdan o`tish.

Telagram kanalga qaytish Milliy markaz.

 




Report Page