KUNIGA 150 DONAGACHA BALLONLAR OG‘IR QOLDIQDAN BO‘SHATILMOQDA

KUNIGA 150 DONAGACHA BALLONLAR OG‘IR QOLDIQDAN BO‘SHATILMOQDA


Bugungi kunda andijonlik gaz iste'molchilarining 423 mingdan ortig‘ini suyultirilgan gaz iste'molchilari tashkil etmoqda. “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali tomonidan barcha iste'molchilarga bir maromda suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yil boshidan beri aholiga 66 ming 360.94 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. 

Ma'lumki, sovuq ob-havo vaqtida suyultirilgan uglevodorodli gazning bir qismi og‘ir qoldiqqa aylanadi va yonuvchanligini yo‘qotadi. Shu bois undan foydalanish mumkin emas. Bugungi kunda “Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filialining “Asaka”, “Shahrixon” hamda “Qo‘rg‘ontepa” gaz to‘ldirish shoxobchlarida og‘ir qoldiq to‘kish ishlari doimiy ravishda olib borilmoqda. 

“Asaka”GTSh
“Asaka”GTSh

“Yoz kunlarida kuniga o‘rta hisobda 30-40 dona gaz ballonlaridan og‘ir qoldiqlarni to‘ksak, kuz-qish mavsumida bu son 100-120 donani ba'zida 150 donani ham tashkil etadi, - deydi “Qo‘rg‘ontepa” gaz to‘ldirish shoxobchasining og‘ir qoldiq to‘kuvchi chilangari Muhammadali Mamasoliev. – Og‘ir qoldiqni to‘kishda har bir to‘kilayotgan mashiy gaz balloni avval tarozidan o‘tkaziladi, og‘ir qoldiqdan bo‘shatilgach, yana tortilib, so‘ngra maxsus kitobga qayd etib boriladi..”

Joriy yilning noyabr' oyida “Asaka” gaz to‘ldirish shoxobchasida 6868 dona maishiy gaz ballonlaridan 2.7 tonna og‘ir qoldiq to‘kib olingan. Yil boshidan esa 41.90 tonna qoldiq to‘kib olingan bo‘lib, shundan 41.2 tonnasi utilizasiya qilingan. Bu ko‘rsatkichlar esa, “Qo‘rg‘ontepa” gaz to‘ldirish shoxobchasida yil boshidan beri 43 ming 344 dona ballondan 31.16 tonna og‘ir qoldiq to‘kilganini ko‘rsatmoqda. 

“Shahrixon” GTSh
“Shahrixon” GTSh

“Shahrixon” GTShda esa o‘tgan 11 oy davomida 437 ming 625 dona maishiy gaz ballonga suyultirilgan gaz to‘ldirildi. Shundan 41 ming 170 donasida og‘ir qoldiqlar borligi aniqlangan. To‘kilgan qoldiq miqdori 21.13 tonnani tashkil etib, shundan 20.94 tonnasini utilizasiya qilishga erishdik..”, -deydi “Shahrixon” GTSh boshlig‘i Xurshidbek Usmonov. 

Shu o‘rinda, iste'molchilarga alohida ta'kidlashni istardikki, suyultirilgan gaz ballonida hosil bo‘luvchi og‘ir qoldiq o‘zboshimchalik bilan to‘kish mumkin emas, uni to‘kib oluvchi maxsus joylar va uskunalar bor. Og‘ir qoldiqni to‘kmang va hayotingizni xavf ostiga qo‘ymang.

“Qo‘rg‘ontepa” GTSh
“Qo‘rg‘ontepa” GTSh

“Hududgaz Andijon” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati



Report Page