KUN TARIXI
https://t.me/surxonkadastr26-Dekabr, Andijon viloyatida Ulug'vor tumani tashkil topgan kun.
Ulug'vor tumani- Andijon viloyati tarkibidagi tuman. 1973 yil. 26 dekabrda tashkil etilgan. Tuman shimoldan Baliqchi, janubi-g'arbdan Namangan viloyatining Namangan, Mingbuloq tumanlari, janubdan Farg'ona viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 0,44ming km kv. Aholisi 45,2 ming kishi (2004) Ulug'vor tumanida 4 qishloq fuqorolari yig'ini (Mingbuloq, Mingchinor, navoiy, Oqoltin)bor. Markazi-Oqoltin qishlog'i.Tabiati. Tuman hududi tekislikdan iborat. Ko'chma qum tepalari ko'p. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o'rtacha teretoriyasi-4, iyulniki -24-28 gradus. Aholisi, asosan, o'zbeklar, shuningdek, qirg'iz, tojik, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Xo'jaligi. Ulug'nor tumanida qishloq xo'jaligi (paxtachilik, chorvachilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik, bog'dorchilik) yetakchi o'rinda. Eng muhim tarmog'i-paxtachilik. Tumanda 900ga yaqin yirik, o'rta va kichik korxona va tashkilot faoliyat ko'rsatadi. Shulardan avtokorxona, MTP, paxta tozalash zavodi, Byuk Britaniyaning “Kordese LTD” firmasi bilan hamkorlikdagi “Ulkard” qo'shma korxonasi (tikuvchilik va to'qimachilikka ixtisoslashgan), sport anjomlari ishlab chiqarish firmasi,”Universal” bozori, savdo, maishiy xizmat ko'rsatish shoxobchalari mavjud. Tuman hududidan marg'ilon- Soybo'yi-Ulug'nor-Mingbuloq, Shtab-Ulug'nor magistral yo'llari o'tgan. Tumanda markaziy kasalxona (170 o'rin ) va uning bolalar, jarroxlik, tez tibbiy yordam va boshqalar bo'limlari, poliklinika, 5 dorixona axoliga xizmat ko'rsatadi. 1974 yildan tuman “Ulug'nor” gazeta nashr qilinadi.