KUN TARIXI

KUN TARIXI

https://t.me/surxonkadastr

O’zbekiston “Shoyi” ilmiy tadqiqot instituti tashkil topgan kun

https://t.me/surxonkadastr

O’zbekiston “Shoyi” ilmiy tadqiqot instituti - ipakchilik sohasidagi ilmiy muassasa. “O’zbek ipagi” uyushmasi tarkibiga kiradi. Marg’ilon shahrida joylashgan. Pilladan ajratib olingan ipak hom ashyosini, ipak mahsulotlari va ipakni qayta ishlash jarayonidagi chiqindilarni qayta ishlashning texnalogik, iqtisodiy, me'yoriy va tashkiliy muammolarini o’rganadi. 1937 yil 29 iyulda Toshkent shahrida tashkil etilgan.
1958 yilda hukumat qarori bilan ipakchilik rivojlangan Marg’ilon shahriga ko’chirildi. Institut tarkibida besh ilmiy labaratoriya mavjud. (Pillakashlik, iqtisodiy, me'yoriy izlanishlar, chiqindilarni qayta ishlash, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, tabiy tolalarga dastlabki ishlov berish) va ipak mahsulotlarini sertifikatsiyalash markazi faoliyat ko’rsatadi. Toshkent shahrida filiali bor. Institut olimlari tomonidan Toshkent to’qimachilik mashinalari maxsus konstruktorlik byurosi bilan hamkorlikda bir qator pillakashlik mashinalari tizimi (SKE-4VU; KZ-150 SHL va boshqalar), tehnologik uskunalar (SMM-6, MK-1; RK-U va boshqalar), yaratildi va ishga joriy etildi, 42 ixtiro uchun mualiflik guvohnomalari olingan. Institut faoliyati E. B. Rubinov, M. Mirzarahmetov, A. B. Novinkov, M. Sh. Mirqosimov, F. Q. Qo’qonboyev, O. A. Oxunboboyev, G. A. Rahimjonov, G. N. Valiyev G. G. Asrorov kabi olimlar faoliyati bilan bog’liq. Institut ilmiy to’plamlar nashr etadi. Pillachilik va ipakchilik bo’yicha boy ilmiy kutubxonaga ega.

https://t.me/surxonkadastr

Shoyi, shohi — ipak mato; 19— 20-asr oʻrtalarida Oʻrta Osiyoda barcha ipakchilik rivojlangan yirik markaz (Fargʻona, Buxoro va boshqalar)larda ishlab chiqarilgan. shahrining arqoq va tanda iplari bir xil ingichka ipak iplardan iborat boʻlib, sodda toʻqilgan: har bir arqoq ip orasiga tanda iplar tushgan, yuzasi silliq, oʻngtersi bir xilda boʻlgan; eni 33—35 sm, 20-asr 30-yillaridan 50—54 sm ga kengaygan. shahrining gulsiz sidirgʻa va gulli (abr gulli), yoʻlyoʻl, katak gulli xillari maʼlum. Turli ipakchilik markazlarining Sh.lari qalinyupqaligi, gullari, rangi (koloriti) bilan farqlangan. Fargʻona Sh.si yupqa va pishiqligi, yumshoq va mayinligi bilan boshqa Sh.lardan ajralib turgan; abr gullari toʻlqinsimon yoki uslublashtirilgan novda, gul shaklida, rangi binafsha, sariq, feruza, kulrang . Buxoro Sh.si qalin toʻqilgan, tanda iplari zichligi tufayli qattiq, gʻijimlanmaydigan hamda suv oʻtkazmaydigan boʻlgan; gullari katta doira, tuxumsimon shakllarda, ikki chetlari qator yoʻllar, 8 yoki toʻlqinsimon chiziqlar bilan hoshiyalangan; rangi koʻproq qizil va sariq, oq, nafarmon, och nastarin, feruza ranglar.

https://t.me/surxonkadastr

20-asr boshida Samarqand, Toshkentda Fargʻonadan keltirilgan yoʻlyoʻl Sh. keng tarqalgan; binafsha, qora, oq va tilla rang — sariq yoʻlli shahridan kiyim kiyish urf boʻlgan. shahridan kishilik koʻylaklar, belbogʻ va boshqalar tayyorlangan, erkak hamda xotinlarning zar chopon va baxmal toʻnlari astarlariga, badiiy buyumlar (soʻzana, choyshab va boshqalar)ga ishlatilgan. Sh. Buxoroda 20-asr boshlarigacha, Fargʻona vodiysida 60-yillargacha ishlab chiqarilgan.

Surxondaryo viloyati Yer resurslari va davlat kadastr boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Axborot xizmati.


Report Page