KUN TARIXI

KUN TARIXI

https://t.me/surxonkadastr
https://t.me/surxonkadastr


31 May - Xalqaro chekishga qarshi kurashish kuni

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 1988 yilda 31 mayni Xalqaro chekishga qarshi kurashish kuni deb eʼlon qilgan. 

Xalqaro chekishga qarshi kurashish kunining global maqsadi hozirgi va kelgusi avlodni tamakining nafaqat sog‘liq uchun salbiy jihatlaridan, balki ijtimoiy, ekologik va iqtisodiy talofatlarning vayronkor oqibatlaridan himoya qilishga qaratilgan. 

"Tamaki - rivojlanishga tahdid".

Shu munosabat bilan tamaki va u bilan kurashishga doir dalillarni taqdim etamiz.  

https://t.me/surxonkadastr
1. Har yili tamaki isteʼmoli natijasida 6 millionga yaqin kishi hayotdan ko‘z yumadi va agar unga qarshi kurashga kirishmasak, bu ko‘rsatkich yiliga 8 milliondan oshadi. Tamaki isteʼmoli jinsi, yoshi, irqi va madaniyatiga qaramay, har qanday kishi uchun xavf tug‘diradi.
2. Tamaki isteʼmoli sog‘liqni saqlash va faoliyat samaradorligining pasayishini inobatga olganda, milliy iqtisodiyot uchun qimmatga tushadi. U sog‘liqni saqlash sohasidagi tengsizlikni chuqurlashtiradi va qashshoqlik muammosini yana-da kuchaytiradi, chunki kam taʼminlangan kishilar eng asosiysi - oziq-ovqat mahsulotlari, taʼlim va sog‘liqni saqlash uchun kamroq mablag‘ sarflashadi. Tamaki isteʼmoli natijasida erta o‘lim holatlarining 80 foizi past va o‘rta darajali daromad oluvchi mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. 
3. Tamaki yetishtirish uchun katta miqdordagi pestitsidlar va mineral o‘g‘itlar kerak bo‘ladi, ular esa zaharli bo‘lishi va suv resurslarini ifloslantirishi mumkin. Uni yetishtirishga har yili 4,3 million gektar yerdan foydalaniladi, buning natijasida esa global o‘rmonsizlanish 2 foizdan 4 foizga yetadi. Tamaki sanoati shuningdek 2 million tonnadan ortiq qattiq chiqindilarni chiqaradi. 
4. JSSTning Tamakiga qarshi kurash konvensiyasi 180 tomon (179 mamlakat va Yevropa Ittifoqi) bilan xalqaro kelishuvni ko‘zda tutadi. Ko‘p mamlakatlar davlatning tamakiga qarshi kurash siyosatiga tamaki sanoati vakillari aralashuviga yo‘l qo‘ymaydi. 

Yodingizda bo‘lsin, chekish sog‘lig‘ingiz uchun zarardir!

Surxondaryo viloyati Yer resurslari va davlat kadastr boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Axborot xizmati.

Report Page