KUN DAYJESTI

KUN DAYJESTI

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi

QASHQADARYO VILOYATI

Qashqadaryo viloyatida yana bir chet tillariga ixtisoslashtirilgan oʻquv markazi ochildi

Kitob tumani markazida “Master Education” nomi bilan yangi oʻquv markazi faoliyatiga start berildi.

Mazkur oʻquv markazda bilimga chanqoq yoshlar ingliz, nemis, rus tillarini shuningdek, ijtimoiy va aniq fanlar boʻyicha bilimlarni egallash imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Markazning tantanali ochilish marosimida Agentlikning hududiy vakillari, Kitob tumani hokimi, nuroniylar, OAV hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

SIRDARYO VILOYATI

Sirdaryo viloyati ingliz tili pedagoglari TKT (Teaching Knowledge test) tizimi ishtirokchilari yilning soʻngi modulini yakunlashdi.

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi hududiy vakilligi Guliston shahridagi “Rustam Bosimov” nomli xususiy maktabining iqtidorli boshlangʻich ingliz tili oʻquvchilarini yangi yil bilan tabrikladi va esdalik sovgʻalar bilan ragʻbatlantirdi.

ANDIJON VILOYATI

Agentlikning Andijon viloyati vakilligi xalq taʼlimi boshqarmasi bilan birgalikda Buloqboshi tumanida viloyat seminarini tashkil etdilar.

Seminarda xorijiy til boʻyicha ustozlarga va oʻquvchilarga Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovi boʻyicha tushuncha berildi

SURXONDARYO VILOYATI

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Surxondaryo viloyatidagi vakillari Termiz Davlat universiteti tarix fakultetida faoliyat yuritayotgan Yaponiyalik mutaxassis Eiichi Imamura bilan hamkorlikda yapon tilini oʻrganish istagida boʻlgan talabgorlarga oʻquv-mashgʻuloti tashkil etdi. 

Oʻquv-mashgʻulot davomida ishtirokchilarga yapon tilini oson va mukammal oʻrganish yuzasidan metodik tavsiyalar berildi hamda elektron resurslar bilan tanishtirildi.

JIZZAX VILOYATI

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Jizzax viloyat hududiy vakilligi hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti qoshidagi Sayil joyi akademik litseyi hamkorligida “Teachers On Teaching” Ingliz tili fani mutaxassisi boʻlmagan oʻqituvchilar uchun tanlov oʻtkazildi.

“Teachers On Teaching” koʻrik tanlovning 3-bosqichida Demo Lesson (Ochiq dars) sharti boʻlib oʻtdi. Ushbu shartda nofilolog oʻqituvchilar oʻz fanlarini ingliz tilida olib borishdi.


Report Page