KUN DAYJESTI

KUN DAYJESTI

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi

SURXONDARYO VILOYATI

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Surxondaryo viloyatidagi vakillari tashabbusi bilan Termiz shahar va Termiz tumanidagi umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun “The TKT Course” qo‘llanmasi asosida tashkil etilgan bepul tayyorlov kurslari qizg‘in davom etmoqda.                                                     

Ishtirokchilarning bugungi kunga qadar egallagan bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida TKT module 1, 2, 3 bo‘yicha (Mock) test sinovi o‘tkazildi.                                                     

Oʻqituvchilarning bilimidagi bo‘shliqlar aniqlandi va bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan metodik tavsiyalar berildi.

NAVOIY VILOYATI

Agentligining Navoiy viloyat hududiy vakilligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat Kengashi qoshidagi “Kamalak” bolalar tashkiloti bilan hamkorlikda “Kamalakda karnaval” festivali doirasida “fleshmoblar tanlovi” hamda “maskaradlar” tanlovi boʻlib oʻtdi.

SAMARQAND VILOYATI

Linguaskill imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan qatnashchilarni tabriklaymiz!

Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligining Samarqand viloyati hududiy vakilligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro Linguaskill ingliz tili imtihonida 50 nafardan ortiq Magistratura o'quv darajasida ta'lim olish istagida bo'lgan talabgorlar ishtirok etishdi.

Agentlikning Samarqand viloyat hududiy vakilligi tomonidan tashkil etilgan intensiv Linguaskill kurslari o'zlari istagan natijani olishlarida asosiy ko'mak berganligini talabgorlardan biri takidladi.

TOSHKENT VILOYATI

Oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikning yangi bosqichi.

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Toshkent viloyati hududiy vakilligi hamda “MISiS” Milliy texnik tadqiqot Universitetining Olmaliq filiali bilan hamkorlikda “Ekologik muammolar, sabablari va ularning yechimlari” mavzusida tadbir tashkil etildi.

SIRDARYO VILOYATI

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Sirdaryo hududiy vakilligi Guliston shahar Barkamol avlodga tashrifi.

Hozirda markazda 18 ta har sohaga tegishli toʻgaraklar tashkil etilgan boʻlib 70 dan ortiq oʻquvchilar ingliz tili toʻgaraklariga faol qatnashib kelishmoqda.

Bolalar bilan mashgʻulotlar olib borilib, qiziqarli suhbatlar oʻtkazildi.

Yosh pedagog kadrlarga metodik tavsiyalar berilib, Linguaskill va TKT testlari haqida maʼlumotlarni berildi.

Til kurslarining aktivlari xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi tomonidan oʻquv qoʻllanmalari bilan taqdirlandilar.


Report Page