KUN DAYJESTI

KUN DAYJESTI

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi

TOSHKENT SHAHRI

Kuni kecha 22-dekabr kuni Oʻzbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti “Tarjimonlik” fakultetining birinchi bosqich talabalari oʻrtasida “FRESHMEN BATTLE” tanlovi boʻlib oʻtdi. Ushbu tanlovda Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi vakillari ham ishtirok etishdi.

Tanlov 4 bosqichda tashkil topgan boʻlib, ushbu bosqichlarda talabalar xorijiy tillarni oʻrganishda muhim boʻlgan xorijiy tilda erkin muloqot qilish (gapirish) va eshitib tushunish koʻnikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.

Talabalardan tashkil topgan ishtirokchi jamoalarning til bilish koʻnikmalari, xorijiy badiiy asarlar asosida tayyorlangan sahna chiqishlari va ijodiy ishlari tanlov nazoratchilari tomonidan eʼtirof etildi va yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan jamoalar esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

ANDIJON VILOYATI

Bugun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish Agentligi Andijon viloyat vakilligi tasdiqlangan reja boʻyicha Andijon davlat qishloq xoʻjaligi va agro texnologiyalar institutiga tashrif buyurdi.

Tashrifda institutning ilmiy boʻlimi rahbari, dekanlar hamda kafedra mudirlar bilan suhbat olib borildi

Suhbatda Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PQ-5117-sonli qarori hamda xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi VM-312 sonli qarorlari ijrosi boʻyicha taʼlim muassasalariga berilayotgan topshiriqlar va imkoniyatlar boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtdi.

SAMARQAND VILOYATI

Agentlikning Samarqand viloyat hududiy vakilligida “Poliglot” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichida gʻolib oʻquvchilar taqdirlandilar !

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Samarqand viloyati hududiy vakilligi, Samarqand viloyati hokimligi va Samarqand viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda joriy yilning 20-dekabrida tashkil etilgan “Poliglot” xorijiy tillar koʻrik-tanlovining imtihon qismi ikki bosqichda oʻtkazilib, birinchi bosqich yozma ravishda boʻlib bunda oʻquvchilar xorijiy tilda yozish koʻnikmalari boʻyicha, ikkinchi bosqichda esa ishtirokchilarning Listening (tinglab tushunish), Reading (oʻqib tushunish) va Speaking (soʻzlashish) koʻnikmalari kompyuterda online shaklda tekshirildi.

2022-yil 23-dekabr kuni “Poliglot” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichida yuqori oʻrinlarni egallagan umumtaʼlim maktab oʻquvchilarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Jumladan Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Xurshid Ochilov, Samarqand viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi rahbari Shokir Sultonov hamda tanlovda gʻolib boʻlgan umumtaʼlim oʻquvchilarning maktab direktorlari ham taqdirlash marosimida qatnashdilar.

Taqdirlash marosimi davomida agentlikning Samarqand viloyati hududiy vakilligi rahbari Muxammadxon Soliev “Bugungi kunda har bir inson uchun xorijiy tillarni bilish juda muhimdir. Dunyo tobora globallashib borayotgani va ikki tili bilish, shunchaki qiziqish emas, balki zamon talabi boʻlib bormoqda. Chet tillarni oʻrganish, boshqalar bilan qanday qilib chinakam muloqot qilish va ular bilan bogʻlanishni oʻrganishga qaratilgan hayotiy koʻnikma” deb taʼkidladi hamda gʻolib oʻquvchilarga diplom va esdalik sovgʻalar taqdim etildi.

QASHQADARYO VILOYATI

Tuman chet tili oʻqituvchilarining koʻrsatkichlari sarhisob qilindi

Agentlikning hududiy vakilligi va Koson tumani Xalq taʼlimi boʻlimi hamkorligida xorijiy til ustozlari ishtirokida yillik sarhisob yigʻilishi oʻtkazildi.

Dastlab, yil davomida Agentlik tomonidan tashkil etilgan tanlov va loyihalarda faol boʻlgan pedagog-ustozlarga minnatdorchilik bildirilib kelgusi yilda ham yuqori natijalarga erishish zarurligi qayd etildi.

Yigʻilishning asosiy qismida xorijiy tillarda xalqaro hamda milliy sertifikatlar boʻyicha reyting koʻrsatkichlar tahlil qilinib, oʻqituvchilarga tegishli tavsiyalar berildi.

Yil davomida tashkil etiladigan bir qator tanlov va olimpiadalarga oʻqituvchilar hamda maktab jamoalari faollik koʻrsatishlari zarurligi hamda hukumat tomonidan berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish kerakligi alohida qayd etildi.

SIRDARYO VILOYATI

Agentlik va Xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan Xalq taʼlimi vazirligi va Singapurning “Six Clouds Pte. Ltd.” Kompaniyasining oʻzaro hamkorligida umumtaʼlim maktablari direktorlari, xorijiy tillar oʻqituvchilari va amaliy fanlar oʻqituvchilari Singapur ilgʻor taʼlim tajribasi asosida oʻqitilmoqda. Seminar darslari Singapurning “Six Clouds Pte. Ltd.” Kompaniyasi rahbari Richard Woon, malakali mutaxassislari Noel Loh va Calina Chew tomonidan oʻtkazilmoqda.

Agentlik tomonidan ushbu mutaxassisilar bilan birgalikda seminar treninglar Guliston shahridagi 14-maktabda oʻtkazilmoqda.

NAVOIY VILOYATI

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Navoiy viloyat hududiy vakilligi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Navoiy viloyatidagi xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan 10 ta tuman maktablar kesimida oʻtkazilgan Drama teatri online tanlovi

2022 yil yoʻl xaritasiga ijrosi Hokim sovrini koʻrik tanlovi

“Eng koʻp sertifikatga ega boʻlgan maktab”

Mobil treningning birinchi bosqich trenerlarini taqdirlash seminari boʻlib oʻtdi.

Barcha tanlov gʻoliblari sertifikat,diplomlar bilan bir qatorda agentlikning va hamkor tashkilotlarning esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar

FARG'ONA VILOYATI

Agentlikning Fargʻona viloyati hududiy vakilligi xodimlari TKT (Teaching Knowledge test) va Linguaskill xalqaro sertifikat olish uchun bel bogʻlagan xorijiy til oʻqituvchilari bilan davra suhbati!

Agentlikning Fargʻona viloyati hududiy vakillik xodimlari TKT(Teaching Knowledge test) va Linguaskill xalqaro sertifikatlarini olish uchun toʻxtovsiz ilm olishdan charchamagan viloyatdagi xorijiy til oʻqituvchilari bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

Muloqot davomida xorijiy til ustozlari uchun xalqaro sertifikatlarni har bir bosqichi boʻyicha toʻliq maʼlumot berildi. Davra suhbati jarayonida murabbiylar oʻzlarining qiziqtirgan savollarini mutaxassislarga berib, toʻliq hamda yetarlicha tushunchalarga ega boʻldilar.

SURKHANDARYA REGION

The Surkhandarya regional office of the agency organized a demo lesson for teachers of English in kindergarten 12 located in Termez.

English teachers and 5-year -old children had the opportunity to participate in the story telling lesson called after the book “ The very hungry Caterpillar” by Eric Carle. 

The Very Hungry Caterpillar by Eric Carle – incorporates patterns and sequencing – days of the week, counting, types of fruit and foods, life cycle of a caterpillar.     

All materials used during the lesson were given to the teachers to use in the kindergartens they teach in.



Report Page