KUN DAYJESTI

KUN DAYJESTI

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi

ANDIJON VILOYATI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Andijon vilоyat hududiy vakilligiga hamda Andijon Davlat Mashinasozlik instituti bilan hamkorlikda “Ingliz tili bilimdonlari” deb nomlangan intellektual koʻrik tanlov boʻlib oʻtdi.

Tanlovda gʻolib boʻlgan jamoalarga institut va agentlik tomonidan esdalik sovgʻalar va diplomlar taqdim etildi.

SAMARQAND VILOYATI

Agentlkning Samarqand viloyat hududiy vakilligida "Poliglot" ko'rik-tanlovining viloyat bosqichi tashkil etildi.

2022-yilning 20-dekabr kuni Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligining Samarqand viloyati hududiy vakilligi hamda Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda "Poliglot" xorijiy tillar ko'rik-tanlovining Samarqand viloyat bosqich tashkil etildi. Mazkur ko'rik-tanlovni agentlikning Samarqand viloyati hududiy vakillik rahbari M.B.Soliyev "Hozirgi zamonaviy dunyoda xorijiy tillarni o’rganish keng imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Shu bois, yoshlar orasida xorijiy tillarni o’rganishga qiziqish kundan kunga ortib bormoqda. Bu esa o'quvchilardan yuqori saviya va inovatsion, samarali usullardan foydalanib xorijiy tillarni o'rganishni talab etmoqda" degan so'zlar bilan tanlovni ochib berdi.

Mazkur tanlovda Samarqand viloyatining chekka hududlarida tahsil oluvchi umumta'lim maktab o'quvchilari hamda prezident maktablarining o'quvchilari ham ishtirok etishdi. Tanlov to'rtta xorijiy tillar ya'ni nemis, fransuz, rus va ingliz tillari bo'yicha imtihon olindi. Imtihon ikki bosqichda o'tkazilib, birinchi bosqichda yozma ravishda bo'lib bunda o'quvchilar xorijiy tilda yozish ko'nikmalari bo'yicha, ikkinchi bosqichda esa ishtirokchilar Listening tinglab tushunish, Reading (o'qib tushunish) va Speaking (so'zlashish) ko'nikmalari kompyuterda online shaklida tekshirildi.

Imtihon natijalari 2022-yil 23-dekabr kuni e'lon qillinib g'olib o'quvchilarga Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agenligining Samarqand viloyati hududiy vakilligi hamda Samarqand viloyati hokimligi bilan hamkorlikda sertifikat va sovg'lar taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.

SUXONDARYO VILOYATI

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Surxondaryo viloyatidagi vakillari Jarqoʻrgʻon tumanidagi 25-sonli umumta'lim maktabiga tashrif buyurib, ta'lim muassasasida faoliyat yuritayotgan rossiyalik mutaxassis Shershnyova Natalyaning 8-sinf oʻquvchilariga oʻtkazgan mahorat darsida ishtirok etishdi. 

  Dars yakunida oʻqituvchilarga metodik tavsiyalar berildi va ular oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

  To‘garak mashg‘ulotlarida foydalanish uchun o’qituvchilarga ingliz tilida nashr etilgan badiiy adabiyotlar va Cambridge Assessent English ko‘rgazmali materiallari taqdim etildi.

NAVOIY VILOYATI

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi tomonidan tashkil etilgan 5 kunlik “Mobil guruh”larning birinchi bosqichida faol ishtirok etgan oʻqituvchilar taqdirlandilar!

Agentlikning Navoiy viloyati hududiy vakilligi hamda Navoiy viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi ingliz va nemis tillari boʻyicha pedagoglarining malakasini oshirish maqsadida “Mobil guruh”lar tuzildi va belgilangan hududlarda taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilarining malakasini oshirishga jalb etilgandi. “Mobil guruh”lar Angliya va Germaniya davlatlarining OTMlarida tahsil olgan yuqori malakali trenerlar tomonidan oʻtkazildi.

FARG'ONA VILOYATI

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Fargʻona viloyati hududiy vakilligi shahardagi xorijiy tillar metodbirlashma rahbarlariga oʻquv seminar tashkil etildi!

Oʻquv seminarda Agentlik tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PQ-5117-sonli qarori hamda “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi VM-312 sonli qarorlarida belgilangan vazifalar boʻyicha tushuntirib berildi.

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli 9-bandi yuzasidan ingliz tili oʻqituvchilariga yetarlicha maʼlumotlar yetkazildi va savol-javob muhokama tarzida oʻquvga yakun yasaldi.



Report Page