KUN DAYJESTI

KUN DAYJESTI

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi

SURXONDARYO VILOYATI

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining Surxondaryo viloyatidagi vakillari Termiz shahridagi Rus Madaniyat markaziga tashrif buyurdi.                                                                         

Tashrif davomida Markaz xodimlariga rus tilida “Поэтическая гостиная” tadbiri tashkil etildi.                                                             

Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining qalamiga mansub “Vatanni madh etuvchi” she'rlar hamda rus shoirlarning ijodidan namunalar taqdim etdilar.                                               

Faol ishtirok etganlar Agentlik tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

FARG'ONA VILOYATI

Farg'ona shahridagi "EDU-LAND" nodavlat ta'lim muassasasida 1 va 4-sinflar o'rtasida "Ingliz tili bilimdoni" fan olimpiadasi o'tkazildi!

"Edu Land" xususiy maktabida joriy yilning 19-dekabr sanasida birinchi va to'rtinchi sinf o'quvchilar orasida viloyat bo'yicha "Ingliz tili bilimdoni" olimpiadasi taassurotlarga boy tarzda o'tkazildi. 

Fan olimpiadasi ikkita bosqichda o'tkazilib, o'quvchilar o'zlarining ingliz tilida nimaga qodir ekanliklarini namoyon etishdi hamda og'zaki nutqda erkin so'zlashib, xorijiy tilga bo'lgan qiziqishlarini yanada rivojlantirdilar. 

▪️"Spelling Bee"

▪️"Speaking"

Olimpiadada g'olib bo'lgan o'quvchilar xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi Farg'ona viloyati hududiy vakilligi tomonidan diplom hamda faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

ANDIJON VILOYATI

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish Agentligi Andijon viloyat vakilligi Andijon davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifda universitetning kafedralar mudirlari va professor-oʻqituvchilari bilan suhbatlashdi.

Suhbatda Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PQ-5117-sonli qarori hamda xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi VM-312 sonli qarorlari ijrosi boʻyicha taʼlim muassasalariga berilayotgan topshiriqlar va imkoniyatlar boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtildi.

SAMARQAND VILOYATI

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Samarqand viloyati hududiy vakilligi mutaxassisi “Shodiyona” mahalla fuqarolar yigʻinida tashkil etilgan bolalar uchun kutubxonaga tashrif buyurdi.

Ushbu kichik maskanda boshlangʻich sinf oʻquvchilari darsdan tashqari vaqtlarda ingliz tili va rus tili qoʻllanmalaridan foydalanadilar.

Tashrif chogʻida bolalar bilan chet tilida mashgʻulot va savol javoblar olib borildi.

Hamda Cambridge Assessment nashriyoti tomonidan chop etilgan qiziqarli materiallar kutubxona uchun topshirildi.



Report Page