KUN DAYJESTI

KUN DAYJESTI

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi

FARG'ONA VILOYATI Barcha jabhalardagi ingliz tili mutaxassislari orasida TKT (Teaching Knowledge Test) xalqaro sertifikati uchun talab salmoqli darajada ortib bormoqda!

 TKT (teaching knowledge test) xalqaro imtihoni natijalariga koʻra viloyatdagi shahar va tumanlardan kelgan jami 157 nafar ingliz tili oʻqituvchilariga birinchi, ikkinchi,uchinchi modullari boʻyicha sertifikatlarni topshirish marosimi tantanali tarzda oʻtkazildi.

Xalqaro sertifikatlarni topshirishda xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Fargʻona viloyati hududiy vakilligi ishtirok etib, ustoz va murabbiylarga ilm olishdan, izlanishdan, doimiy ravishda jamiyatning eng asosiy boʻgʻini sifatida harakat qilishdan hech qachon toʻxtamasliklari agentlik xodimlari tomonidan taʼkidlab, tadbirga yakun yasadilar.

SAMARQAND VILOYATI Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi tomonidan tashkil etilgan besh kunlik “Mobil guruh”larning birinchi bosqichida faol ishtirok etgan oʻqituvchilar taqdirlandilar!

Agentlikning Samarqand viloyati hududiy vakilligi hamda Samarqand viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatdagi ingliz, fransuz va nemis tillari boʻyicha pedagoglarining malakasini oshirish maqsadida “Mobil guruh”lar tuzildi va belgilangan hududlarda taʼlim tashkilotlari oʻqituvchilarining malakasini oshirishga jalb etilgandi. “Mobil guruh”lar Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya davlatlarining OTMlarida tahsil olgan yuqori malakali trenerlar tomonidan oʻtkazildi.

2022-yil 4-9-noyabr kunlari Samarqand viloyatida tashkil etilgan “Mobil guruh” oʻquv seminarlarining birinchi bosqichida faol ishtirok etgan ingliz, nemis hamda fransuz tillari fani oʻqituvchilarga sertifikatlari topshirildi.

TOSHKENT SHAHAR, TOSHKENT VILOYATI, SIRDARYO VILOYATI Hamkorlikda treninglar tashkil etilmoqda

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Toshkent shahar, Toshkent viloyat va Sirdaryo viloyat vakilliklari tomonidan Sirdaryo viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazining malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun trening oʻtkazildi.

Sirdaryo viloyatidagi ingliz tili oʻqituvchilari amerikalik va oʻzbek bolalar yozuvchilarining hikoyalaridan iborat “Young learnerʼs digital library” oʻquv platformasi bilan tanishtirildi.

Trening davomida oʻqituvchilar ushbu taʼlim resurslaridan foydalangan holda boshlangʻich maktab yoshidagi bolalarni oʻqitishning eng muvaffaqiyatli yondashuvlari haqida suhbat olib bordilar.

SIRDARYO VILOYATI Mobil guruh tinglovchilari ragʻbatlantirdi!

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining qoʻshma qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning noyabr oyida Sirdaryo viloyati Boyovut hamda Sirdaryo tumanlarida tumanlarida tashkil etilgan.

“Mobil guruhlar”ning oʻquv-seminarida aktiv ishtirok etgan ingliz va fransuz tili fani oʻqituvchilariga sertifikatlari topshirildi.

SURXONDARYO VILOYATI Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Surxondaryo viloyatidagi vakillari Termiz shahridagi 7-sonli umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurib, taʼlim muassasasida faoliyat yuritayotgan rus tili oʻqituvchisi Matluba Joʻrayevaning 9-sinflar oʻrtasida oʻtkazilgan Урок-КВН “Знаю ли я Россию“ tadbirida ishtirok etishdi.

Tadbir davomida faol ishtirok etgan oʻquvchilar Agentlik tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Toʻgarak mashgʻulotlarida foydalanish uchun oʻqituvchilarga ingliz tilida nashr etilgan badiiy adabiyotlar va Cambridge Assessent English koʻrgazmali materiallari taqdim etildi.



Report Page