KUN DAYJESTI

KUN DAYJESTI

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi

SAMARQAND VILOYATI Agentlikning Samarqand viloyat hududiy vakilligi tashabbusi bilan Ispan tili va madaniyati kuni tashkil etildi.

Joriy yilning 13-dekabr kuni Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Samarqand viloyat hududiy vakilligi tashabbusi bilan agentlik binosida Ispan tili va madaniyati kuniga bagʻishlangan tadbir seminari tashkil etildi.

Tadbir davomida oʻqituvchilar va tadbir mehmonlariga turli ispancha raqs va chiqishlar namoyish etildi. Shuningdek, Samarqand hududiy vakilligi ispan tili filologiyasi mutaxassisligi boʻyicha oliy taʼlim bitiruvchilarni pedagogik tayyorlov kurslarida oʻqitish va boshqa yoʻnalishlarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish mumkinligini taʼkidladi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga agentlik tomonidan turli tashakkurnoma hamda qimmatbaho sovgʻalar taqdim etildi.

SURXONDARYO VILOYATI Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Surxondaryo viloyatidagi vakillari Denov tadbirkorlik va pedagogika universitetining Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Raxmatilla Mamajonov hamda Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi katta oʻqituvchisi Ilyos Nuraliyev bilan uchrashdi.

Uchrashuvdan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19 maydagi PQ-5117 — sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi hamda 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan “Yoʻl xaritasi” shakllantirish.

Uchrashuv davomida universitetda talabalar uchun tashkil etilgan “Speak Refine Language School” oʻquv markazi faoliyati bilan tanishib,oʻqituvchilarga metodik yordam berildi. Maʼlumot uchun: Markazda 6 oy davomida 120 nafar tinglovchilar oʻquv kurslarida ishtirok etib, 21 nafari C1, 58 nafari B2 sertifikatlarni qoʻlga kiritgan.

Shuningdek, universitetda tashkil etilgan Raqamli Iqtisodiyot markazi bilan tanishib, kelajakda markaz qoshida xalqaro imtihon jarayonlarini oʻtkazish kelishib olindi.

FARG'ONA VILOYATI Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Fargʻona viloyati hududiy vakilligi hamda Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasining 11-/210-sonli qoʻshma buyrugʻi ijrosi yuzasidan Agentlik xodimlari Quvasoy shahridagi 29-oʻrta taʼlim maktabi 4-sinf oʻquvchilar oʻrtasida “My future profession” nomli koʻrik-tanlovi oʻtkazildi!

Tanlov qoʻshma buyruqqa asosan ingliz tilida 4 koʻnikma asosida jumladan: oʻqish, yozish,tinglash hamda gapirish mahoratlari orqali eng faol ishtirok etgan oʻquvchilar ichidan gʻoliblar aniqlandi.

Gʻolib boʻlgan oʻquvchilar Agentlikning kitoblar jamlanmasi hamda boshqa sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

NAVOIY VILOYATI Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi bilan NDKTU oʻrtasida 2023 yil davomida hamkorlikda amalga oshiradigan ishlar boʻyicha yoʻl xaritasi tuzildi.

BUXORO VILOYATI Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Buxoro viloyati vakilligida joriy yil noyabr oyida haftalik mobil guruhlar faoliyatiga start berilgan edi.

Mazkur malaka oshirish dasturida jami 174 nafar oʻqituvchilar 7 ta guruhlarga boʻlingan holda ingliz, nemis, fransuz tillari boʻyicha oʻqigan edilar.

Malaka oshirishda pedagoglar yangi metodikalar boʻyicha eng bilimli, Yil oʻqituvchisi tanlovida gʻolib boʻlgan trenerlardan saboq olishga muvaffaq boʻldilar.

Ularni faoliyati boʻyicha Buxoro viloyati MTRK, Istiqlol va Sevimli kanalarida lavhalar tayyorlangan edi. Shu bilan birga Yangi Oʻzbekiston, Xalq soʻzi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi gazetalarida ham yoritilgan.

Bugun esa 174 nafar oʻqituvchilarga malaka oshirganlik toʻgʻrisidagi sertifikat taqdim etilmoqda.



Report Page