KUN DAYJESTI

KUN DAYJESTI

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi

SAMARQAND VILOYATI Samarqandda ingliz tili oʻqituvchilar uchun xalqaro trening tashkil etildi!

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Samarqand viloyat hududiy vakilligida ingliz tilini zamonaviy metodikalar yordamida samarali oʻqitish usullari koʻrsatildi.

Mazkur trening Oʻzbekistonda ingliz tilini oʻqitishni takomillashtirish boʻyicha koʻplab loyihalar ustida ishlagan xalqaro darajadagi mutaxassis, Buyuk Britaniyada joylashgan “University of Warwick”da ingliz tilini oʻqitish boʻyicha magistratura darajasiga ega boʻlgan Erkin Muhammedov tomondan oʻqituvchilar uchun qiziqarli metodlar asosida interfaol mashgʻulotlar oʻtildi.

Xorijiy til oʻqituvchilari trening orqali ingliz tilidagi 4ta koʻnikmani rivojlantirish boʻyicha chuqur bilimlarga erishishdi. 

Trening soʻngida barcha ishtirokchilarga agentlik tomonidan tashakkurnomalar hamda qimmatbaho sovgʻalar berildi.

FAG'ONA VILOYATI Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 2022 yil 26 oktyabrdagi 5-/49-sonli qoʻshma qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 4-9 noyabr kunlari “Mobil guruhlar” loyihasi doirasida oʻtkazilgan oʻquvlarda Fargʻona viloyati xalq taʼlimi tizimidan faol ishtirok etgan nemis tili fani oʻqituvchilariga sertifikatlar topshirildi.

SURXONDARYO VILOYATI Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Surxondaryo viloyatidagi vakillari tomonidan Jarqoʻrgʻon tumanidagi taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan 40 nafar xorijiy tillar oʻqituvchilariga xalqaro TKT module 1, 2, 3 boʻyicha MOCK sinovi tashkil etildi. 

Sinov natijalariga koʻra oʻqituvchilarning bilimida aniqlangan boʻshliqlarni toʻldirish yuzasidan metodik tavsiyalar berildi va yuqori natijaga erishgan oʻqituvchilar kelgusida Termiz shahrida oʻtkaziladigan “Teaching Knowledge Test” jarayonida ishtirok etish istagini bildirishdi.

ANDIJON VILOYATI Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Andijon viloyat hududiy vakilligi tasdiqlangan yoʻl xarita boʻyicha ishlashda davom etmoqda.

Asaka tuman 59-umumiy oʻrta taʼlim maktabiga tashrif buyurilib, boshlangʻich sinf oʻquvchilar bilan chet tillarini oʻrganish haqida suhbat oʻtkazildi va oʻquvchilarga turli oʻyinlar tashkil etildi.

SIRDARYO VILOYATI Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Sirdaryo hududiy vakilligi tomonidan tashkillashtirilgan navbatdagi manzilli targʻiboti Sirdaryo viloyati Arxitektura va qurilish boshqarmasida.

Kun tartibida “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-5618-son Farmoni va PF-5117-son qarorlariga tushunchalar berib oʻtildi.

Cambridge bilan hamkorlikda online test tizimi LINGUASKILL imtiyozlari boʻyicha batafsil tushunchalar berildi.

Agentlik va boshqarma hamkorligida tashkilot xodimlari uchun ingliz tili kurslari tashkillashtirilgan edi.

Mazkur oʻquvlar 6- umumtaʼlim maktab pedagogi Gulsara Joʻrayeva tomonidan olib borilmoqda.

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish Agentligining rasmiy sahifalariga ulaning

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | 🌐



Report Page