KUN DAYJESTI

KUN DAYJESTI

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi

FARG'ONA VILOYATI Fargʻonada “Posco” oʻquv markazida IELTS xalqaro sertifikatga tayyorgarlik jarayoni!

Fargʻonalik yosh navqiron kelajak avlodlarimiz xalqaro darajadagi sertifikatlarga ega boʻlish uchun Linguaskill, IELTS, CEFR kabi imtihonlariga tayyorgarlik koʻrishmoqdalar!

Jumladan, har bir oʻquvchilarga AQSh, Angliya, Korea kabi xorijiy mamlakatdagi ustozlar tomonidan “Ringle” dasturi hamda ZOOM platformalari orqali online tarzda taʼlim bermoqdalar.

Agentlikning Fargʻona viloyati hududiy vakilligi tomonidan bevosita xorijiy mamlakatdagi ustozlar bilan aloqalar oʻrnatilib, planshetlar yordamida darslarga oʻquvchilar uchun sharoitlar yaratib, speaking tartibida davra suhbati tashkil etilib, nazorat qilinmoqda!

ANDIJON VILOYATI Vazirlar Mahkamasi 312-sonli qarorning 12.bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari o‘z hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish belgilangan edi.

Shu munosabat bilan Agentlikning Andijon viloyat vakilligi hamda xalq ta`limi boshqarmasi vakillari bilan birgalikda viloyatdagi 80 ta umumta`lim maktablariga 1mlrd so`m mablag`dagi moddiy-texnik baza va metodik tavsiyadagi kitoblarni topshidilar

XORAZM VILOYATI Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish Agentligi Xorazm viloyat vakilligi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrifda universitetning sertifikatga ega boʻlmagan professor-oʻqituvchilari va bitiruvchi talabalar bilan suhbat olib borildi.

Unda “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5117-sonli qarori hamda “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi VM-312 sonli qarorlari ijrosi boʻyicha taʼlim muassasalariga berilayotgan topshiriqlar va imkoniyatlar boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtdi.

Universitet professor-oʻqituvchilarga va bitiruvchi talabalariga xalqaro LINGUASKILL sertifikati boʻyicha tushuntirishlar berildi.

NAVOIY VILOYATI Agentlik volontyorlar jamoasi bilan birgalikda jajji bolajonlarni ingliz tiliga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida “ Story time “ loyihasini navbatdagi dasturi ustida dublyaj ishlari olib borildi. Agarda siz ham shu kabi loyihalarda ishtirok etishni xohlasangiz bizning LPA/Navoi Region https://t.me/navoi_lpa kanaliga ulaning. 

Murojaat uchun:+998-90 235 30 05, +998-91-330-20-44

СУРХАНДАРЬИНСКАЯ ОБЛАСТЬ Представители Агентства по популяризации изучения иностранных языков в Сурхандарьинской области организовали встречу с участниками курсов по русскому языку и литературе в учебном центре "Знаем русский".

В ходе встречи для участников курса были организованы MOCK тесты ТРКИ I. 

 Учащиеся показавшие самые высокие результаты были награждены памятными подарками от агентства.

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish Agentligining rasmiy sahifalariga ulaning

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | 🌐


Report Page