KUN DAYJESTI

KUN DAYJESTI

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi

SAMARQAND VILOYATI Oʻquvchilar dars mashgʻulotlaridan boʻsh vaqtlarida rus tili hamda ingliz tili fanlarini oʻrganib kelishmoqda. Samarqand shahridagi 80-81-maktab oʻquvchilari uchun bepul tashkil qilingan chet tili toʻgaraklari faoliyati oʻrganildi. Viloyati hududiy vakilligi mutaxassisi rus tili mashgʻulotlarida ishtirok etib dars jarayonlarini kuzatdi hamda bolalar bilan qiziqarli oʻyinlar tashkil etdi.

NAVOIY VILOYATI Navoiy viloyatida xalqaro sertifikatlar soni muntazam oshib bormoqda!

Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish Agentligining hududiy vakillari tomonidan viloyatdagi NDPI va NDKTUda faoliyat yuritayotgan doktorantura va magistraturaga talabgor boʻlgan oʻqituvchilar “ Linguaskill ” sertifikati bilan taqdirlash marosimi tashkil etildi.

QASHQADARYO VILOYATI Motivatsion oʻquv-seminar tashkil etildi

Agentlikning hududiy vakilligi tomonidan Muborak tumanida joylashgan 5-sonli IDUMga tashrif uyushtirilib mazkur maktabning xorijiy tillar oʻqituvchilari ishtirokida seminar oʻtkazildi.

Mazkur seminarda jahon tillari boʻyicha oʻtkazilayotgan bir qator xalqaro sertifikatlar haqida maʼlumotlar yetkazilib tegishli qarorlarning belgilangan bandlari boʻyicha tushunchalar berib oʻtildi.

Seminar davomida Agentlik vakillari tomonidan oʻqituvchilarga motivatsiya berilib, hukumat tomonidan chet tili oʻqituvchilari uchun berilayotgan imtiyozlar alohida qayd etildi.

SURXONDARYO VILOYATI TerDU talabalari uchun navbatdagi seminar-trening o'tqazilmoqda!

IT Park Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining Surxondaryo viloyatidagi (LPA) vakillari bilan birgalikda TerDU rus filologiyasi va huquqshunoslik fakultetida logistika va BPO mavzusida seminar tashkil etdi. 

IT outsorsing - bu axborot texnologiya infratuzilmasini boshqarish va qo'llab-quvvatlash ishlarini professional ravishda obuna IT xizmati bilan shug'ullanadigan kompaniya qo'liga topshirishdir.

Bugungi seminarning maqsadi xalqaro IT-outsorsing markazlari uchun tajribali va mas'uliyatli kadrlarni jalb qilishdir.Seminarda ishtirokchilarga IT-outsourcing markazlari tashkil etishning afzalliklari va istiqbollari haqida ma'lumot berildi.

Shuningdek, IT-Park va IT-Markazlarning faoliyati haqida ma'lumot berildi.

FARG'ONA VILOYATI Farg'ona yoshlari yangi zamonaviy jihozlar va interfaol metodlar orqali xorijiy tillarni o'rganishmoqda.

Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirish agentligi Farg'ona viloyati hududiy vakilligi Farg'ona tumanidagi 31-umumta'lim maktabida ingliz tili fanidan namunali ochiq dars mashg'ulotlari ishtirok etdi.

Mashg'ulotlarda o'quvchilar 5 ta hudud: 

Food zone

Story zone 

Game zone 

IT zone 

Digital zone bo'yicha ishtirok etishdi.

Yakunda Agentlik tomonidan esdalik sovg'alar, rasmli lug'atlar, posterlar topshirildi.


Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish Agentligining rasmiy sahifalariga ulaning

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | 🌐



Report Page