KUN DAYJESTI

KUN DAYJESTI

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi

SAMARQAND VILOYATI Agentlikning Samarqand viloyat hududiy vakilligi tomonidan IELTS xalqaro imtihonini topshiruvchilar uchun arzonlashtirilgan sinov testlari (mock) tashkil etildi.

Joriy yilning dekabr oyida Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Samarqand viloyat hududiy vakillik tashabbusi bilan xalqaro IELTS imtihonini topshirish uchun tayyorgarlik koʻrayotgan abituriyentlar va talabalar shuningdek Xalq taʼlimida faoliyat yurituvchi oʻqituvchilar ingliz tilini bilish darajasini sinovdan oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Mazkur sinov imtihoni ingliz tili boʻyicha Listening (eshitib tushunish), Reading (oʻqib tushunish), Writing (yozish), Speaking (soʻzlashish) koʻnikmalari asosida tuzilgan savollardan iborat boʻldi.

NAVOIY VILOYATI Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi, Navoiy viloyat hokimligi, Navoiy viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar ittifoqi hamkorligida Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 19 yanvardagi 34-sonli qarorining 2 bandiga asosan ingliz adibi Louise Carolning “ Alice in Wonderland” asari yuzasidan “ Drama theatre” tanlovini viloyat bosqichi online tarzda boʻlib oʻtdi.

BUXORO VILOYATI Аgentlikning Buxoro viloyat hududiy vakilligi viloyatning chekka maktabi Gʻijduvon tumanining Soktare qishlogʻida xalqaro til eksperti bilan tashrif buyurdi.

“Chet tillarni oʻrgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish” mavzusida fransuz tili oʻqituvchilari uchun seminar-trening oʻtkazildi. Trener sifatida Fransiyaning Grenobl-Alp (Grenoble Alpes) universiteti tadqiqotchisi Evan Gruyer (Evan Gruère) hamda Buxoro davlat universiteti Fransuz filologiyasi kafedrasi professor-oʻqituvchilari taklif qilindi.

Seminar koʻtarinki ruhda oʻtdi. Oʻquvchilar tomonidan tadbir ham tashkil qilindi. Tadbirda fransuz tilida qoʻshiqlar, tez aytishlar, topishmoqlar va turli qiziqarli konkurslar tashkil qilindi.Tadbir soʻngida 30–maktabning oʻqituvchi va oʻquvchilariga agentlikning sovgʻalari ulashildi.

ANDIJON VILOYATI

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish Agentligi Andijon viloyati hududiy vakilligi Shahrixon tuman ingliz tili fani oʻqituvchilaridan MOCK testlari oldilar.

Test natijalariga koʻra “Easy IELTS” nodavlat tashkiloti bilan hamkorlikda oʻquv kurslari tashkil etiladi

XORAZM VILOYATI

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish Agentligi Xorazm viloyat vakilligi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialiga tashrif buyurdi.

Tashrifda universitetning sertifikatga ega boʻlmagan professor-oʻqituvchilari va bitiruvchi talabalar bilan suhbatlashdi.

Suhbatda jarayonida “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5117-sonli qarori hamda “Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi VM-312 sonli qarorlari ijrosi boʻyicha taʼlim muassasalariga berilayotgan topshiriqlar va imkoniyatlar boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtdi. Hamda universitet professor-oʻqituvchilarga va bitiruvchi talabalariga xalqaro “LINGUASKILL” sertifikati boʻyicha tushuntirishlar berildi.


Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish Agentligining rasmiy sahifalariga ulaning

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | 🌐


Report Page