KUN DAYJESTI

KUN DAYJESTI

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi

QASHQADARYO VILOYATI Xalqaro darajalarni qoʻlga kiritgan 100 nafardan ortiq ustozlar taqdirlandi Agentlikning hududiy vakilligi tashabbusi bilan xalqaro TKT imtihonida muvaffaqiyatli ishtirok etib oʻz darajalariga ega boʻlgan oʻqituvchilarni tantanali taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Tantanali marosimda Agentlikning hududiy vakillari soʻzga chiqib barcha ustozlarga mashaqqatli faoliyatlarida ulkan zafarlar tilashdi. Shu kuni chet tili oʻqituvchilarining soha rivoji uchun taklif va tavsiyalari tinglanib, amalga oshirilayotgan loyihalarning koʻlami orttirilishi qayd etildi.

TOSHKENT VILOYATI English as world language Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi hamda Chirchiq davlat pedagogika universiteti hamkorlikda Toshkent viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi tashabbusi bilan Boʻstonliq tumanidagi 3-sonli umumtaʼlim maktabida seminar tashkil etdi. Seminarda Xalq taʼlimi vazirligining “Uzluksiz metodik xizmat koʻrsatish toʻgʻrisida” gi 183-sonli buyrugʻida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, ingliz tilini oʻqitishda yangi metodikalarni oʻrganishga bagʻishlangan “English as world language” mavzusida oʻquv treninglari oʻtkazildi.

NAMANGAN VILOYATI Doktoranturaga kirish istagida boʻlgan talabgorlarga xorijiy tillar boʻyicha sertifikatlar topshirildi

Kelgusi yil doktoranturaga kirish istagida boʻlgan talabgorlar uchun Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining viloyatdagi hududiy vakilligida IELTS hamda Linguaskill xalqaro sertifikatlari uchun imtihonlar boʻlib oʻtgan edi.

Namangan muhandislik-qurilish institutida ushbu imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtganlarga sertifikatlarni topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.

Tadbir yakunida Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Namangan viloyati hududiy vakilligi bilan hamkorlikda institutda xorijiy tillarga oʻqitish hamda oʻrganuvchilarga zarur sharoitlar yaratib berish boʻyicha batafsil kelishib olindi.

SIRDARYO VILOYATI TKT teaching knowledge test

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi Sirdaryo hududiy vakilligi TKT kurslariga start berdi. Ushbu o‘quv-kursini muvaffaqiyatli tugatgan o‘qituvchilar joriy yilning 17-dekabr kuni Guliston shahrida o‘tadigan “Teaching Knowledge Test" jarayonida ishtirok etishi rejalashtirilmoqda.

ANDIJON VILOYATI Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi vakili Asaka tuman 30-maktabga tashrif buyurdi. Tashrif davomida taʼlim muassasa rahbarlari hamda oʻquvchilar bilan davra suhbatlari tashkil etilib chet tillarini oʻrganishning muhimligi haqida suhbat olib borildi. Shu bilan birga maktab ingliz tili oʻqituvchilari darslarda foydalanishlari uchun Cambridge Assessment tomonidan taqdim etilgan flayerlar sovgʻa qilindi.




Report Page