KUN DAYJESTI

KUN DAYJESTI

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi
BUXORO VILOYATI Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Buxoro viloyati vakilligi hamda Xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda “Xorijiy til fan oyligi” yopilish marosimi oʻtkazildi. Bir yil davomida xorijiy til sohasida yuqori natijaga erishgan oʻqituvchi va oʻquvchilar faoliyati oʻrganildi. Ularning erishilgan natijalari boshqalarga ommalashtirish maqsadida qisqacha taqdimot ham namoyish etildi. Viloyatda 10 ta IELTSdan 8.5 va 8.0 ballik natijani qayd etgan oʻquvchilar mavjud boʻlib, yoshlar va ularning ustozlari agentlik tomonidan tantanali ravishda taqdirlandilar. Shu bilan birga, agentlik faoliyatiga yaqindan koʻmaklashib kelayotgan Buxoro shahar xalq taʼlimi boshqarmasi xodimlariga ham vakillik tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari taqdim qilindi. Tadbir yakuniga ingliz, rus, nemis, fransuz, koreys, yapon tili madaniy markazlari bilan xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish masalasi yuzasidan muhokama ham boʻlib oʻtdi. Kelgusidagi aniq rejalar belgilab olindi.
NAVOIY VILOYATI Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5117-sonli qaror bilan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda Noyabr oyi – rus va xorijiy tillar fan oyligi munosabati bilan bugun 1 dekabr kuni Navoiy shahar 16-ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabida Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Navoiy viloyat hududiy vakilligi bilan hamkorlikda “ International friendship” mavzusida xorijiy tillar fan oyligini yakuni munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.
QASHQADARYO VILOYATI Chet tillari fan oyligi doirasida 2-sinf oʻquvchilari ishtirokida nemis tilida tashkil etilgan navbatdagi ochiq dars boʻlib oʻtdi.  Mazkur dars Koson tumani 77-sonli maktabda tashkil qilinib, unda qiziqarli mashqlar, soʻz oʻyinlari hamda savol javoblar oʻrin oldi.
ANDIJON VILOYATI Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish Agentligi Andijon viloyat vakilligi Andijon davlat mashinasozlik institutiga tashrif buyurdi. Tashrifda institutning xorijiy tillar kafedra mudiri va professor-oʻqituvchilari bilan suhbat oʻtkazildi. Suhbatda Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PQ-5117-sonli qarori hamda xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi VM-312 sonli qarorlari ijrosi boʻyicha taʼlim muassasalariga berilayotgan topshiriqlar va imkoniyatlar boʻyicha maʼlumotlar berib oʻtdi. Professor-oʻqituvchilarga xalqaro LINGUASKILL sertifikati boʻyicha MOCK testlari oʻtkazildi


ГОРОД ТАШКЕНТ 📝Подведение районных итогов Месячника русского и иностранных языков В шк. №144 Яккасарайского района города Ташкента проведен Фестиваль русского и иностранных языков. Учащиеся 5-11 классов продемонстрировали свои знания посредством декламирования, инсценировок сказок и произведений классиков и современных писателей.  Ярким примером успешного изучения иностранного языка является Карим Камалов, ученик 9 класса шк.№144, обладающий сертификатом IELTS!  Учащиеся и учителя английского языка были ознакомлены с деятельностью Агентства, направленной на мотивацию и поддержание интереса к изучению языков, а также с возможностями, предоставляемыми Агентством для определения и повышения уровня владения иностранными языками.


Report Page