KUN DAYJESTI

KUN DAYJESTI

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi
SUXONDARYO VILOYATI Navbatdagi Young learners' English sinov testlari tashkil etildi Agentlikning Surxondaryo viloyati vakillari tomonidan Oltinsoy tumanidagi 22-sonli umumta’lim maktabida ta’lim olayotgan 6-sinf o‘quvchilariga Cambridge Assessment tashkilotining Young learners' English Tests bo‘yicha tushuncha berildi va sinov testlari (Mock) tashkil etildi.           Shu bilan birga, maktab maʼmuriyatiga to‘garak mashg‘ulotlarida foydalanish maqsadida o‘qituvchilarga Cambridge Assessent English tomonidan ko‘rgazmali materiallar taqdim etildi.
TOSHKENT VILOYATI Taʼlim muassasalarida noyabr oyi “Xorijiy tillar fan oyligi” doirasida Toshkent viloyati miqyosida turli tadbirlar, mahorat darslar, koʻrik-tanlovlar boʻlib oʻtmoqda.                                Agentlikning Toshkent viloyati vakilligi hamda Toshkent viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda Bekobod shahrida joylashgan 10-sonli umumtaʼlim maktabida viloyat tadbiri tashkil etildi. Tadbirda, Bekobod shahrida faoliyat yuritib kelayotgan xorijiy til oʻqituvchilari tomonidan 10 dan ortiq mahorat darslari tashkil etildi. Darslar soʻngida dars kuzatuvchilar tomonidan darslar tahlil qilindi va eng yaxshi darslarni tashkil qilgan oʻqituvchilarning dars rejalari viloyatda ommalashtirish uchun tavsiyalar berildi.
QASHQADARYO VILOYATI Nemis tili fani oʻqituvchilari uchun navbatdagi oʻquv-seminar boʻlib oʻtdi Agentlikning hududiy vakilligi va Qamashi tumani Xalq taʼlimi boʻlimi hamkorligida nemis tili fani oʻqituvchilari uchun oʻquv-seminar tashkil etildi. Seminarni tajribali oʻqituvchi Niyozova Xurshida olib bordi. Mashgʻulot davomida yangi nashr etilgan nemis tili kitoblari bilan ishlash uslublari boʻyicha malaka almashilib, oʻqituvchilar guruhlarga boʻlingan holda ishladilar va taqdimotlarini namoyish etdilar. Agentlikning hududiy vakili ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berdi hamda ularning takliflarini tingladi.
TOSHKENT SHAHRI Olingan bilimlarni amalda qoʻllash Yaqinda “Mobil guruhlar” formatidagi kurs tinglovchilari boʻlgan oʻqituvchilar oʻquv-mashgʻulotlarida oʻrgangan turli texnika va texnologiyalarni oʻz oʻquv faoliyatiga joriy etmoqda. Natijada oʻqitishning interfaol usullari, turli pedagogik texnologiyalardan foydalanish darsni unutilmas lingvistik sayohatga aylantirishga yordam berdi.
XORAZM VILOYATI II-GURUH FANLARIDAN RЕSPUBLIKA FAN OLIMPIADASINING VILOYAT BOSQICHIGA START BERILDI Bugun Urganch tumanidagi 29-son maktabda ikkinchi guruh (ona tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, oʻzbek tili, qozoq tili, qoraqalpoq tili va adabiyoti, ingliz tili, nemis tili, fransuz tili, geografiya,tarix) fanlaridan asosiy olimpiadaning III (viloyat) bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Ikkinchi guruh fanlaridan asosiy olimpiadada Xorazm viloyati boʻyicha jami 1064 nafar oʻquvchilar ishtirok etishi kutilmoqda. 🧑‍🎓314 nafar 9-sinf oʻquvchilaridan ingliz tili, nemis tili, fransuz tili fanlaridan tinglab tushunish va oʻqish shuningdek, leksik-grammatik testlar olinadi. 🎉Amaldagi tartib boʻyicha mazkur bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar 1-oʻrin uchun 1,8 mln soʻm; 2-oʻrin uchun 1,2 mln soʻm; 3-oʻrin uchun 0,9 mln soʻm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.



Report Page