KUN DAYJESTI

KUN DAYJESTI

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi
QASHQADARYO VILOTAYI “I love my country” nomli badiiy tadbir oʻtkazildi Agentlikning hududiy vakili Koson tumani Xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan mazkur tumandagi 77-sonli maktabda boʻlib xorijiy tillar fan oyligi doirasida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi. Tadbir davomida iqtidorli oʻquvchilar tomonidan chet tillarida sheʼrlar, qoʻshiqlar, sahna chiqishlari hamda monologlar ijro qilinib tomoshabinlarning olqishlariga sazovor boʻlishdi. Yakunda, Agentlikning hududiy vakili barcha oʻquvchi-yoshlarga xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha oʻz tavsiyalarini ulashdi.
JIZZAX VILOYATI Agentlikning Jizzax viloyat hududiy vakilligi Sharof Rashidov tumanida joylashgan 9-maktabida xorijiy tillar fan oyligi munosabati bilan tashkil etilgan “We love Foreign language” tadbirga tashrif buyurdi. Tadbir davomida oʻquvchilar ingliz va rus tillaridagi badiiy hamda musiqiy chiqishlarni namoyish etishdi. Tadbir soʻngida Agentlik Jizzax viloyat hududiy vakilligi rahbari Otabek Jumanov tomonidan maktab jamoasiga xorijiy tillar sohasidagi yangilik va imkoniyatlarni tanishtirib, chet tillarini oʻrganishning hozirdagi zamon talabi qanchalik muhimligini taʼkidlab oʻtdi.
NAVOIY VILOYATI “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5117-sonli qaror bilan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash hamda Noyabr oyi – xorijiy tillar fan oyligi munosabati bilan Konimex tuman xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 1-IDUMda Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Navoiy viloyat hududiy vakilligi bilan hamkorlikda “Rus va xorijiy tillarda innovatsiya” mavzusida tuman seminari hamda fan oyligi doirasida boʻlimning umumiy oʻrta taʼlim maktablarining rus va ingliz tili oʻqituvchilari uchun “2030-yilda kelajak taʼlimda mening oʻrnim” innovatsion loyihalar tanlovi tashkil etildi.


BUXORO VILOYATI Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Buxoro viloyati vakilligida ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan variativ sinf oʻquvchilari bilan sayyor dars oʻtkazildi!                                  Mazkur oʻquvchilar Buxoro shahridagi 21-maktabning, 9 — sinfida tahsil olib, oʻquvchilarning aksariyati xalqaro til bilish darajasidagi C1 sertifikatlariga ega. Darsda va munozarada faol qatnashgan oʻquvchilarga agentlik tomonidan esdalik sovgʻalari taqdim qilindi.


ANDIJON VILOYATI Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Andijon viloyat vakilligi Andijon shahridagi 13-umumiy oʻrta taʼlim maktabida boʻlib xorijiy til (ingliz tili) oʻqituvchilariga Agentlik faoliyati hamda Linguaskill testi haqida tushuncha berdi va oʻqituvchilar uchun sinov (mock) testlar oʻtkazildi.



Report Page