KUN DAYJESTI

KUN DAYJESTI

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi
QORAQOLPOGʻISTON RESPUBLIKASI Xorijiy til fani oyligi doirasida Qoraqolpogʻiston respublikasida seminar boʻlib oʻtdi. Xojeli tumani xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 3-umumiy oʻrta taʼlim maktabida xorijiy tillar fan oyligi doirasida “Today reader, tomorrow leader” mavzusida Respublika seminari boʻlib oʻtdi. Seminarda xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi va chet tillar uslubchilari, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligini hududiy vakillari hamda barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarining chet tillari fani oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

SURXONDARYO VILOYATI Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Surxondaryo viloyatidagi vakillari Surxondaryo viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga oʻrgatish milliy markaziga tashrif buyurib, markaz rahbari Umarali Qodirov bilan uchrashdi. 🤝 Uchrashuv davomida xorijiy til oʻqituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilab olindi. Oʻtkazilgan TRKI-III/C1 test sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, C1 sertifikatini qoʻlga kiritgan “Tillarni oʻqitish metodikasi” kafedrasi katta oʻqituvchisi Mamatkazina Aliya Ali-Aksarovnaning sertifikati tantanali ravishda topshirildi.  Milliy markazda tashkil etilgan haftalik oʻquvlarda ishtirok etayotgan rus tili oʻqituvchilari uchun TRKI-III/C1 MOCK testlari tashkil etilib, eng yuqori natijani koʻrsatgan oʻqituvchilarga Agentlik tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.
NAVOIY VILOYATI Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan ingliz tili o‘qituvchilari uchun “Xorijiy tillar bo‘yicha bolalarga mos tajribalar, yangi metodikalar va innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda agentlikning viloyat hududiy vakilligi yetakchi mutaxassisi L. Toʻrayeva, bosh mutaxassisi L. Davronovalar so'zga chiqib, tashkilotlarda xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan “Foreign language poems” (Chet tilida she’rlar), “Think, Find, Go” (O‘yla, izla, top) ko‘ngilochar dasturlarini taqdim etishdi. Shuningdek, agentlik trenerlari D. To'raqulova, G. Mavlonovalar tomonidan taqdim etilgan video qo'llanma hamda amaliy mashg'ulotlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan faol pedagoglarga esdalik sovg'alari taqdim etildi.

SAMARQAND VILOYATI Agentlikning Samarqand viloyat hududiy vakilligida TRKI imtihoni tashkil etildi. Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Samarqand viloyat hududiy vakilligi hamda RUDN bilan hamkorlikda rus tilidan TRKI imtihoni oʻtkazildi. TRKI imtihoni natijalari 24 soat ichida eʼlon qilinib faqatgina C1 darajani qoʻlga kiritgandan soʻnggina talabgorlar toʻlovni amalga oshirishlari mumkin. Shuningdek, imtihondan past natija olgan talabgorlar agentlik tomonidan tashkil etilgan tayyorlov kurslarida bilimlarini yanada oshirib imtihonni qayta topshirishlari mumkin. Mazkur imtihonda 30 dan ortiq oʻquvchilar rus tili boʻyicha oʻz bilim darajasini sinovdan oʻtkazishdi va ulardan 23 nafari C1 darajani qoʻlga kiritishdi.

ANDIJON VILOYATI Xoʻjaobod tumani xalq taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 2-umumiy oʻrta taʼlim maktabida xorijiy tillar fan oyligi doirasida “Yangi pedagogik texnologiyalaridan unumli foydalanish” mavzusida viloyat seminari boʻlib oʻtdi. Seminarda viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi v.v.b G.Omonova, xalq taʼlimi boshqarmasi xorijiy tillar uslubchilari, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligini hududiy rahbari U.Mamadjanov hamda barcha umumiy oʻrta taʼlim maktablarining chet tillari fani oʻqituvchilari ishtirok etdilar.
QASHQADARYO VILOYATI Hududlarga tashriflar davom etmoqda. Agentlikning hududiy vakili Nishon tumani 1-sonli maktabga tashrif buyurib tumanning chet tili fani oʻqituvchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv mobaynida hukumat qarorlari ijrosi, yangi oʻquv yilida oʻtkaziladigan tanlov-olimpiadalar, loyiha-tashabbuslar hamda yoʻl xaritasida belgilangan chora-tadbirlarni yuqori darajada tashkil etish masalalari kun tartibidan oʻrin oldi. Chet tili oʻqituvchilari tomonidan berilgan savollarga javoblar berilib, soha rivojida har bir pedagogning oʻrni alohida ahamiyatga egaligi qayd etildi.




Report Page