KUN DAYJESTI

KUN DAYJESTI

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi
SURXONDARYO VILOYATI Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Surxondaryo viloyatidagi vakillari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi PQ-357-son Qarorining 12-ilovasi 13-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida IT Park direksiyasi Surxondaryo filiali rahbari bilan uchrashib, kelgusidagi vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar belgiladi. Hozirgi kunda IT Parkda faoliyat yuritayotgan 5 ta “IT English” guruhida 113 nafar yoshlar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan bir qatorda ingliz tiliga oʻqitilmoqda.
NAMANGAN VILOYATI Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Namangan viloyati hududiy vakilligi Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 13-avgustdagi 183-sonli buyrugʻiga asosan noyabr-xorijiy til fan oyligi munosabati bilan Namangan shahrida joylashgan 6-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.                             Tadbir davomida Ingliz tili fanidan ochiq dars hamda zakovat oʻyinlari tashkil etildi. Tadbir soʻnggida agentlik xodimlari tomonidan ingliz tili fani oʻqituvchilariga sohadagi yangilik va imkoniyatlar tanishtirilib, joriy qilingan yangi darslikni elektron resursi bilan tanishtirildi.
FARG'ONA VILOYATI Qoʻshni Respublika bilan chegaradosh boʻlgan hududda nemis tiliga eʼtibor! Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Fargʻona viloyati hududiy vakilligi hamda Fargʻona viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi 2022-yil 11-noyabr kungi 11-/210-sonli qoʻshma buyrugʻi ijrosi yuzasidan Agentlik xodimlari Quva tumanidagi qoʻshni Respublika bilan chegaradosh boʻlgan Baraka qishlogʻidagi moslashtirilgan, kichik atigi 13 nafar pedagoglardan iborat boʻlgan 52-oʻrta taʼlim maktabi 4-sinf oʻquvchilar oʻrtasida “Mein zukunftiger Beruf” nomli tanlovini oʻtkazgani tashrif buyurdilar. Koʻrik tanlov musobaqa tarzida oʻtkazilib, qizgʻin kurashlarga boy boʻldi hamda oʻquvchilar nemis tiliga boʻlgan qiziqishlarini izhor etib, bilimlarini tashrif buyurgan mehmonlar oldida boʻlishdilar. Koʻrik-tanlovda gʻolib boʻlgan oʻquvchilar Agentlikning Fargʻona viloyati hududiy vakilligi tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.
ANDIJON VILOYATI Agentlikning Andijon viloyat vakilligi Xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda Andijon shahridagi 31-umumtaʼlim maktabida “ Xorijiy til egasining ertangi kuni aniq” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda oʻquvchilar tomonidan ingliz tilida sahna koʻrinishlarini tashkil qildilar.
QASHQADARYO VILOYATI Agentlikning hududiy vakili Yakkabogʻ tumanidagi 91-maktabga tashrif buyurib, maktabda tashkil etilgan chet tili toʻgaragi bilan tanishib, bilim olishga intilgan oʻquvchi-yoshlar uchun mahorat darsi oʻtkazdi. Dars davomida oʻquvchilarga: — active communication; — interesting question-answer; — appropriate usage of collocations; — reading tips kabi mavzularda  qiziqarli mashqlar oʻtkazildi. Bundan tashqari, barcha ishtirokchilar chet tillarini oson oʻrganish va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish boʻyicha maslahatlar olishdi.


Report Page