KUN DAYJESTI

KUN DAYJESTI

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi
NAMANGAN VILOYATI Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Namangan viloyati hududiy vakilligi tomonidan oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari bilan tan olingan xalqaro sertifikatlar toʻgʻrisida seminar trening tashkil etishda davom etmoqda. Mazkur seminar treningda Namangan viloyat muhandislik-texnologiya institutida “IELTS” va “Linguaskill” xalqaro sertifikatlari yuzasidan oʻtkazildi va kelgusida hamkorlikda faoliyat yuritish boʻyicha kelishib olindi.
TOSHKENT VILOYATI Agentlikning Toshkent viloyati vakilligi va Yangiyo‘l tumani xalq ta'limi bo‘limi tashabbusi bilan, Noyabr "Xorijiy tillar fan oyligi" doirasida Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani Niyozboshi qishlog'i 27-maktabda ingliz tili fanidan ochiq darslar va fan oyligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. 
SAMARQAND VILOYATI Agentlikning Samarqand viloyat hududiy vakilligi Samarqand shahridagi 15-umumtaʼlim maktabida xorijiy tillar fan oyligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi. Tadbir davomida oʻquvchilarning ingliz va rus tillaridagi badiiy chiqishlarni namoyish etishdi,faol oʻquvchilar agentlik tomonidan esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi. Tadbir soʻngida agentlik xodimi tomonidan maktab jamoasiga xorijiy tillar sohasidagi yangilik va imkoniyatlar tanishtirib oʻtilib,chet tillarini oʻrganishda shu kabi tadbirlarning ahamiyatiga alohida urgʻu berildi.
NAVOIY VILOYATI Agentlikning Navoiy viloyat hududiy vakilligi tomonidan Noyabr oyi Xorijiy tillar oyligining ochilishi munosabati bilan Navoiy viloyati tumanlar kesimida LLL xonalarida boʻlib oʻtayotgan ochiq darslardan lavhalar.
QASHQADARYO VILOYATI Agentlikning hududiy vakilligi tomonidan Qarshi Irrigatsiya va Agrotexnologiyalar institutida mazkur institutning 1-2-bosqich talabalari ishtirokida "World with foreign languages" nomli seminar o'tkazildi. Seminar qatnashchilariga zamonaviy davrda xorijiy tillarni o‘rganishni ahamiyati, uning imtiyoz va ustunliklari hamda yurtimizda Agentlik tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli loyihalar haqida batafsil ma'lumotlar berildi.  Tadbir davomida xalqaro Linguaskill imtihoni taqdim qilinib, talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. 




Report Page