KUN DAYJESTI

KUN DAYJESTI

Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi
JIZZAX VILOYATI Agentlikning Jizzax viloyat hududiy vakilligi hamda viloyat xalq taʼlim boshqarmasining Paxtakor tuman boʻlimi bilan hamkorlikda "TIL BILGAN — EL BILAR" nomli koʻrik-tanlov oʻtkazildi. Ushbu tadbirda tumanning nofilolog oʻqituvchilari 4-bosqichda oʻz bilimlarini sinab koʻrishdi. Tanlovda gʻolib boʻlgan hamda faol ishtirok etgan oʻqituvchilar Diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
XORAZM VILOYATI Nodavlat sektorlar bilan tizimli ishlarni tashkil etish davom etmoqda. Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Xorazm viloyati hududiy vakilligi xodimlari Urganch tumanida joylashgan “HARVARD SCHOOL” nomli oʻquv markaziga tashrif buyurishdi. Tashrif mobaynida oʻquv markazida til oʻrganish uchun yaratilayotgan zarur shart-sharoitlar va oʻquv dasturlar bilan tanishildi. Ushbu muassasada xorijiy tillar oʻrgatilishi hisobga olingan holda muassasa rahbari bilan Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi koʻmagida kelgusida Xorazm viloyatida kelgusida salmoqli ishlarni amalga oshirish hamda xalqaro imtihonlar tashkil qilish borasida ham suhbatlashildi.
QASHQADARYO VILOYATI Chet tillar fan oyligi doirasida ochiq dars tashkil etildi Qarshi shahrida joylashgan 29-sonli maktabda 10-sinf oʻquvchilari uchun “Knowledge is power” nomli ochiq dars tashkil etildi. Mazkur darsni bevosita kuzatish maqsadida Agentlikning hududiy vakili ushbu maktabda boʻlib yoshlarning xorijiy tillarga qiziqishlariga guvoh boʻldi. 🔻Dars davomida ingliz tili oʻqituvchisi Surayyo Kattaboyeva tomonidan - jigsaw reading - work in pairs - tactics in listening - active communication kabi mavzularda qiziqarli mashqlar oʻtkazildi.
SIRDARYO VILOYATI TKT TESTING Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi Sirdaryo hududiy vakilligi tomonidan tashkillashtirilgan navbatdagi TKT (teaching knowledge test ) imtihon natijalari keldi va sertifikatlar oʻz egalariga taqdim etildi.
NAVOIY VILOYATI Agentlikning Navoiy viloyat hududiy vakilligining jajji valantyorlari bilan “Story time” loyihasining navbatdagi ruknining tasvirga olish va ovozlashtirish jarayonlari boʻlib oʻtdi.


Report Page