“KUAF TALABALARI ILMIY IZLANISHLARI”
NOMLI ILMIY-USLUBIY JURNAL Qo‘qon universiteti Andijon filialida 2026 yildan boshlab “KUAF TALABALARI ILMIY IZLANISHLARI” nomli ilmiy-uslubiy jurnal tashkil etildi.
Mazkur jurnal filialda tahsil olayotgan barcha talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda talabalarning:
· ilmiy maqolalari va tezislari,
· tadqiqot natijalari,
· nazariy va amaliy izlanishlari nashr etilishi mumkin.
Jurnalning asosiy maqsadi — talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga keng jalb etish, ularning ilmiy salohiyatini oshirish hamda ilmiy ishlanmalarni ommalashtirishdan iborat.
Jurnaldada maqola va tezis chop etish istagida bo‘lgan iqtidorli talabalar o‘zining ilmiy izlanishlari natijasi bo‘yicha tayyorlagan ilmiy maqolasi yoki tezislarini jurnal yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zbek, rus yoki ingliz tillarining birida taqdim etishlari mumkin.
Maqola va tezislar quyidagi yo‘nalishlarda qabul qilinadi:
· 1-yo‘nalish. Tibbiyot va farmatsevtika;
· 2-yo‘nalish. Tabiiy fanlar (fizika, matematika va umumiy kimyo);
· 3-yo‘nalish. Gumanitar va ijtimoiy fanlar (xorijiy tillar, filologiya va tarix);
· 4-yo‘nalish. Pedagogika va psixologiya;
· 5-yo‘nalish. Moliya va iqtisodiyot;
· 6-yo‘nalish. Kompyuter texnologiyalari.
🗓 Jurnalining 2-soni uchun maqola va tezislar 2026 yil 20-fevraldan 20-martga qadar qabul qilinadi
⌛️ Nashr etilishi: 1-aprel
📩 Maqolalar @ilyosbek1978 telegram manzili orqali qabul qilinadi.
Manzil. 170619. Andijon shahar, Bobur shox ko‘chasi, 2-b-uy, Qo‘qon universiteti Andijon filiali, A-bino, 2-qavat, 220-xona. Ilmiy-tadqiqotlar departamenti.
Murojaat uchun telefon raqamlar:
-Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor:
I.Mamajonov +(998) 97-272-97-55
-Ilmiy tadqiqotlar departamenti boshlig‘i:
I.Usmonov (+998) 97-338-48-55 @ilyosbek1978
MAQOLA TOPSHIRISH TALABLARI:
1. Ilmiy maqolani rasmiylashtirish tartibi:
Ø Maqola nomi katta harflarda va qalin (jirniy) shriftda yoziladi;
Ø muallif(lar)ning familiyasi, ismi, sharifi, (qalin jirniy shriftda), fakulteti, ta’lim yo‘nalishi, bosqichi va guruhi, elektron pochta (e-mail) manzili (oddiy shriftda) yoziladi (maqola qaysi tilda yozilgan bo‘lsa o‘sha tilda yoziladi - o‘zbek, rus, ingliz tillaridan birida);
Ø Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi (qalin jirniy shriftda), ish joyi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni (oddiy shriftda) yoziladi. (maqola qaysi tilda yozilgan bo‘lsa o‘sha tilda yoziladi - o‘zbek, rus, ingliz tillaridan birida);
Ø annotatsiya (maqola qaysi tilda yozilgan bo‘lsa o‘sha tilda yoziladi);
Ø kalit so‘zlar 5-7 ta (maqola qaysi tilda yozilgan bo‘lsa o‘sha tilda yoziladi);
Ø Kirish: ilmiy muammoning tavsifi, dolzarbligi, hal qilinishi kerak bo‘lgan eng muhim vazifalar, ishning fan yoki amaliyotning ma’lum bir sohasini rivojlantirish uchun ahamiyati yoziladi;
Ø Asosiy qism (tadqiqot uslublari, ilmiy ishning natijasi, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati hamda ilmiy rahbarning familyasi, ismi, sharifi, ish joyi, lavozimi, ilmiy darajasi va ilmiy unvoni (maqola qaysi tilda yozilgan bo‘lsa o‘sha tilda to‘liq - o‘zbek, rus, ingliz tillaridan birida yoziladi);
Ø davlat standarti talabi bo‘yicha GOST 7.1-2003 ga muvofiq matndagi ko‘chirma oxirida iqtibos olingan adabiyotning ro‘yhatdagi tartib raqami va sahifa raqami kvadrat kavs ichida beriladi, masalan [4,10].
Ø Maqola yoki tezis hajmi 3-5 bet, A4 formatda, Times New Roman shrifti, hajmi - 14 kegl, qator oraligi - 1; satr boshi - 1,25 sm;
Ø A4 format qog‘ozining har tomonidan 20 mm dan qoldirilgan holda yozilgan maqolalar jo‘natilishi shart;
Ø chizmalar, sxemalar va grafiklar matnga kiritilgan elektron shaklda, standart grafik formatlarda, rasmlar nomi rasm tagiga yoziladi (masalan, 1-rasm.Rasm nomi);
Ø jadvallar Microsoft Word muharririda, formulalar standart Microsoft Equsation formulalar muharririda tahrirlangan holda taqdim etiladi.
Ø Adabiyotlar: — Kamida 5 ta manba
Ø Havolalar matn ichida ketma-ket raqamlar bilan ko‘rsatiladi
Muhim:
Ø Maqola plagiat bo‘lmasligi shart
Ø Ilgari chop etilmagan bo‘lishi lozim
Ø Ilmiy uslub va savodxonlikka qat’iy rioya qilinadi
Ø O‘zbek tilida taqdim etilgan maqollari lotin alifbosida yozilishi talab etiladi.
2. Fayl nomiga muallifning familiyasi yoziladi va yo‘nalish raqami ko‘rsatiladi
(namuna: Aliyev N.K. 1-yo‘nalish.docx).
3. Redaktsiyaga taqdim etilgan ilmiy maqola yoki tezislarda keltirilgan ma’lumotlar manbalarining to‘g‘riligiga huquqiy tomondan muallif mas’ul hisoblanadi.
4. Jurnalning har bir sonida muallif tomonidan faqat bitta maqola nashr etilishiga ruxsat etiladi.
5. Ilmiy maqolalar mualliflik nashrida e’lon qilinadi.
6. Jurnalga taqdim etilgan maqola yoki tezislar texnik ekspertizadan o‘tkaziladi va tahlil qilinadi.
7. Tahrir xay’ati rasmiylashtirish talablariga mos kelmagan maqolalarni chop etishni rad etish huquqiga ega.
8. Maqola yoki tezis mualliflari taqdim etilayotgan ishni ilmiy rahbar bilan hamkorlikda tayyorlagan bo‘lishlari shart. Maqolaga ilmiy rahbar tomonidan imzolangan taqriz ilova qilinib, u “PDF” formatida taqdim etiladi.
QANDLI DIABET KASALLIGI VA UNI TERAPIYASIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION YONDASHUVLAR
Aliyev Nodirjon Kozimjon o‘g‘li
Tibbiyot fakulteti, Davolash ishi ta’lim yo‘nalishi
3-kurs DI-23-01-guruh talabasi, nodirjon_aliyevv@email.ru
Ilmiy rahbar: Abdullayev Abdulla Abdullayevich– “Tibbiy biologiya va jamoat salomatligi” kafedrasi professori.
Annotatsiya: Ushbu maqolada qandli diabet kasalligi va uni davolashda zamonaviy robotlashtirilgan texnologiyalarning, xususan, RoboCop (RP) turdagi robot inyektorlarning ahamiyati yoritilgan. Maqolada organizmga insulin yetishmovchiligi natijasida kelib chiqadigan metabolitik o‘zgarishlar, ularning organizmga ta’siri hamda an’anaviy davolash usullarining cheklovlari tahlil qilingan. Shuningdek, 2022-yilda ishlab chiqarilgan RP qurilmasining tuzilishi, ishlash prinsipi va qandli diabetni davolashdagi afzalliklari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: Qandli diabet, insulin, inyeksiya, robot inyektor, RoboCop, GI trakti, kapsula, shprits.
Kirish. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn.
Asosiy qism. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. M atn. Matn. Matn.
Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn . Matn. Matn. Matn. Matn.
Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn.
Xulosalar. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn. Matn.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
1. Safarova Z.T. Shamsiyeva Sh.H. // QANDLI DIABET HAQIDA NIMALARNI BILAMIZ?// Scientific progress. 2021
2. World Health organisation. Diabetes. Geneva: World Health Organisation; 2021
3. Аметов А.С. Сахарный диабет 2 типа. Проблемы и решения Москва: ГЕОТАР-Медиа, 2015. – 278 c.
4. Ансиферов, M.B.Синдром диабетической стопы: диагностика, лечение и профилактика – Москва: Медицинское информатционное агентство, 2013. – 304c
5. Калинкин, Л.В. Шпак, Ю.А. Волкова, и другие. Актуалные вопросы эндокринологии в терапевтической практике – Тверъ : Фактор и К, 2014. – 698 c.
Ushbu maqolada dolzarb tibbiy-ijtimoiy muammo — qandli diabet kasalligi, uning kelib chiqish sabablari va zamonaviy davolash usullari, xususan, robotlashtirilgan texnologiyalar asosidagi yangicha yondashuvlar ilmiy tahlil etilgan. Mualliflar ayniqsa, “RoboCop” turidagi robot inyektorlar va RP-kapsula qurilmalarining afzallik tomonlarini qiyosiy tahlilda ilmiy va nazariy asoslangan holda yoritgan.
Maqolaning ilmiy yangiligi shundaki, muallif 2023-yilda ishlab chiqilgan yangi robot-kapsulalar orqali insulinni og‘iz orqali yuborish texnologiyasining ishlash mexanizmini aniq tahlil qilgan hamda uning traditsion inyeksion usullarga nisbatan afzalliklarini ilmiy asosda ko‘rsatib bergan.
Matndagi ma’lumotlar ilmiy manbalarga tayanilgan, taqdim etilgan tadqiqotlar axborotga boy, ishonchli va aniq. Maqola “KUAF TALABALARI ILMIY IZLANISHLARI” nomli ilmiy-uslubiy jurnal 1-Tibbiyot va farmatsevtika yo‘nalishiga to‘la mos keladi.
Xulosa:
Mazkur maqola tuzilishi, mazmuni va ilmiy darajasi jihatidan ilmiy-uslubiy jurnalda chop etish uchun tavsiya etiladi.
Ilmiy raxbar: