KRETINIZM

KRETINIZM

Doctor Muxtorov


Kretinizm (fransuzchadan cretin - tentak, aqli past degan ma’nolarni anglatadi) yoki Fagg kasalligi - endokrin kasallik bo‘lib, qalqonsimon bez gormonlarini yetishmovchiligi tufayli yuzaga keladi. Qalqonsimon bez funksiyasini pasayishi hisobiga jismoniy va aqliy jihatdan orqada qoladi. Kretinizm tug‘ma gipotireoz shakllaridan biri hisoblanadi. “Kretin” termini eskirgan va u hozirda foydalanilmaydi. Kasallikda fermentlar sistemasini shikastlanishi hisobiga tireoid gormonlar almashinuvi va sintezi buziladi. Oqibatda gipoterioz va toksik bolmagan buqoq kelib chiqadi.

KASALLIK SABABLARI

irsiy omil (yod iste'mol darajasi va tireotrop gormonlar reaksiyasini buzilishi)

qalqonsimon bezning embrional rivojlanishdagi buzilishlari

atireoz (qalqonsimon bezning bo'lmasligi)

qalqonsimon bez gipoplaziyasi 

qalqonsimon bez ektopiyasi 

homilador ayolni radioaktiv yod, tireostatik preparat bilan davolash 

homilador ayolni endemik buqoq bilan kasallanishi

KRETINIZM BELGILARI 

ichki organlar hajmining kamayishi 

suyaklardagi o'zgarishlar (pakanalik, kalla suyagining yassilanib qolishi va deformatsiyasi, peshona va tepa suyaklarini qalinlashishi)

muskullar tonusining yo'qolishi 

jinsiy bezlar funksiyasini buzilishi 

terining qalinlashishi

eshitish va nutq buzlishlari 

ruhiyat buzilishlari

nafas xurujlari

tilning uzun bo'lishi 

kordinatsiyani buzilishi 

kuchsizlik 

seruyqulik

KASALLIK TASHXISI

qonning umumiy va biokimyoviy analizi 

skeletni va qo'l oyoqni rengenografik tekshirish 

EKG

qalqonsimon bezni ultratovush tekshiruvi 

qalqonsimon bezni ssintigrafiyasi 

DAVOSI 


Tireodin

Triyodtrionin

yod saqlagan preparatlar 

❗️ESLATMA: preparatlar dozasi bolaning yoshiga, tana massasiga, kasallikni og'irlik darajasiga qarab belgilanadi.

Maqolani Doctor Muxtorov tayyorladi.

O‘z sog‘ligingizga e’tiborli bo‘ling!

TIBBIYOT OLAMI KANALIGA QO‘ShILISh:

https://t.me/tibbiyot_olami

Report Page