KREON kapsulasi haqida

KREON kapsulasi haqida


TTA talabasi

Mallayev Ulmas



Kreon kapsulasi -- 10 000 lik dozada





Kreon kapsula -- 25 000 dozada




Kreon kapsula -- 40 000 lik dozada





#Kreon kapsulasi

#Креон капсуласи





💊DORI SHAKLI 👇


Kapsula 





 💊TARKIBI 👇



Pankreatin bo'lib , kreon 3 xil dozada chiqadi.


-- 10 000 ( TB ) 

-- 25 000 ( TB )

-- 40 000 ( TB ).








💊TA'SIRIGA KO'RA 👇



Ovqat hazm bo'lishini yaxshilovchi vosita. Ferment . Poliferment preparat.









💊 TA'SIR QILISH MEXANIZMI 👇




Kapsula ichidagi mayda kukunsimon moddalar cho'chqaning me'da osti bezidan olingan pankreatinni o'zida saqlaydi. Preparat me'dada tez eriydi va yaxshi so'riladi. Preparat ingichka ichakka tushib va tez parchalanadi . Lipolitik , amilolitik va proteolitik fermentlarni ajratib chiqaradi. Bu esa yog'lar , uglevodlar va oqsillarni parchalanishini ta'minlaydi. Preparat hech qanday toksik zaharli xususiyatga ega emas.









💊QO'LLANILISHI 👇



-- Ovqat hazm qilish uchun qabul qilinadi


-- Me'da osti bezining faoliyatini yaxshilashda qabul qilinadi.


-- Mukovitsidozda qabul qilinadi ( bolalarda ).


-- Surunkali pankreatitda qabul qilinadi.


-- Pankreatektomiyada ( meda osti bezini olib tashlagandan keyingi holat ) qabul qilish mumkin. 


-- Gastroektomiyada ( me'dani bir qismini olib tashlash amaliyotidan keyingi holat ) qabul qilish mumkin.



-- Me'da osti bezi rakida qabul qilish mumkin.



-- Me'da osti yo'li yoki umumiy o't yo'li bekilib qolish holatlarida qabul qilinadi.



-- Shvaxman Daymond sindromida qabul qilish buyuriladi.



-- O'tkir pankreatitlarda va ularni zo'rayish xolatlarida qabul qilish buyuriladi.









💊QABUL QILISH USULI VA DOZASI 👇



Kapsulani butunligicha sindirmasdan va chaynamasdan yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish buyuriladi.  



Kreonni ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin darrov qabul qilish kerak. 


Kapsulani bir qabulda 1 kapsula qabul qilish buyuriladi. Bir qabulda 2 ta kapsula qabul qilish tavsiya etilmaydi.


Kuniga necha kapsula qabul qilishni hazm jarayoni qanchalik buzilganlik holatiga qarab kishi o'zi doza belgilashi mumkin. Yoki har ovqatlanishdan keyin qabul qilish ham mumkin ( hazm qilish yaxshi bo'lmasa).




Bolalarga esa 4 yoshdan boshlab shifokor belgilagan dozada berish buyuriladi.










⭕️NOJO'YA TA'SIRI 👇



-- Qorinda og'riq

-- Ko'ngil aynish va biroz qusish 

-- Qabziyat 








❌QO'LLASH MUMKIN BO'LMAGAN HOLATLAR 👇



-- Preparatga yuqori allergik reaksiya bo'lganda .











🔰ADMIN MASLAHATI 👇



👉 Homiladorlik davrida shifokor maslahati bilan qo'llash buyuriladi.




👉 Kreonni bolalarda bola dozasida qo'llash mumkin. Masalan balg'am ajratish holatlarida , balg'amli yo'tal bolganda yosh bolalarga buyurish mumkin. Qanday qilib kapsulani yosh bolalarga berishni pediatrdan so'raysiz. Sababi 4 yoshdan kichkina bolalar kapsulani yutishi qiyin boladi. Kreonni vazifasi balg'amni to'g'ri ichakdan axlat bilan chiqarishga yordam berish bo'ladi. 1 yosh va 1 yoshdan kichkina bolalarga ko'pincha shunday qilib balg'amni chiqarishga harakat qilinadi. 



👉Kreon 10 000 dozada , 25 000 dozada va 40 000 dozada ishlab chiqariladi. Odatda 10 000 dozaligini qabul qilish buyuriladi. Qolgan dozalar biroz kuchliroq hisoblanadi shu sabab katta dozalarni shifokor retsepti bilan qabul qiling. 


--- 10 000 dozalik 1 kapsula o'zida 150 mg pankreatin saqlaydi . 


--- 25 000 dozalik 1 kapsula o'zida 300 mg pankreatin saqlaydi.



--- 40 000 dozalik 1 kapsula o'zida. 400 mg pankreatin saqlaydi. 


Har bir kapsula o'zida amilaza , lipaza va proteaza fermentlari faolligini o'zida saqlovchi pankreatinni o'zida saqlaydi. 







💊Qo'llash -- retseptsiz

💊Ishlab chiqaruvchi -- Germaniya





https://t.me/joinchat/7qZ0b_jtzZczMWQy


Kanalimizga azo bo'ling👆






@DORILAR_TMA


@FARMAKOLOGIYA_TTA



,, ТАБЛЕТКА " kanali





Report Page