KORZINKA.UZning kirdikorlari

KORZINKA.UZning kirdikorlari



Zafar Hashimov, O’zbekistonning yirik tadbirkorlaridan biri, o’z publikasiya va ommaviy chiqishlarida doimo erkin bozor, bojxona bojlaridan voz kechish va importni ko’paytirish haqida so’zlab, buning sababini iste’molchilarga past narxlarda sfatli maxsulotlarni etqazish va O’zbek xalqi haqida qayg’urishi bilan asoslaydi. Ammo janob Hashimovning so’zlari balandparvozligicha qolmoqda. Anglesey Food asoschisi va O’zbekistonning eng yirik importchisi:

1.      “Oleyna” kungaboqar yog’i

2.      “Makfa” makaron maxsulotlari

3.      “Impra” choy assortimenti

4.      “Nescafe” kofe mahsulotlari

5.      “Nestle Waters” ichimlik suvi

6.      “Nestle” quruq nonushta va “BISTROFF” kashalari

7.      “Colgate”

8.      “Palmolive”

9.  “Ideal”

10.  “Щедрое Лето”

Kabi maxsulotlarni O’zbekiston bozoriga olib kiradi. Va uning asl maqsadi import tovarlar savdosida ko’proq pul ishlash va turli yashirin yo’llar hamda ofshor korxonalar yordamida turli soliqlardan qochishdir.

Zafar Hashimov import mahsulotlar milliy ishlab chiqaruvchilarga rivjolanish va o’z mahsulotlari narxini tushirishga turtki bo’ladi, deya odamlarni adashtirishga urinmoqda. Past narxlar uchun kurashchi Zafar Hashimov, unda nega o’zga tegishli bo’lgan Korzinka.uz dokonlarida baland narxlarda maxsulotlarni sotmoqda?

·        Makfa makaronlari

Korzinka.uz –5 490 сум (400 g.)                 

Boshqa dokonlarda –4 900 сум (400 g.)                 

·        Nestle (Shokolad)

Korzinka.uz -  6 490 сум (90 g.)

Boshqa dokonlar - 5 650 сум (90 g.)                                     

·        Ideal (yog’)

Korzinka.uz -  12 290 сум             

Boshqa dokonlar - 10 300 сум

·        Oleyna (yog’)

Korzinka.uz -  11 990 сум                    

Boshqa dokonlar - 10 200 сум

·        Щедрое Лето (margarin)

Korzinka.uz -  26 990 сум (1 kg)

Boshqa dokonlar - 21 400 сум (1 kg)

·        Colgate

Korzinka.uz - 9 690 сум (231 g.)

Boshqa Dokonlar – 8 300 сум (231 g.)

 

Internetda topilgan yana bir qiziq ma’lumot – Britaniya Virgin orollarida ro’yxatdan o’tgan va XK Anglesey Food ta’sischisi sifatida faoliyat yuritayotgan MARNEL GROUP LIMITED ofshor korxonasidir.

XK Anglesey Food – Korzinka.uz, City Taxi, FLO, RedTag, SMART.

Boshqaruvchisi – Akmal Shukurullayevich Asadov

MARNEL GROUP LIMITED ga huquqiy ko’makni nizoli shov-shuvga sabab bo’lgan Mossack Fonseca amalga oshirgan.   

 https://offshoreleaks.icij.org/nodes/10113877 Affshore leaks Database web sahifasi MARNEL GROUP LIMITED va Zafar Hashimov o’rtasidagi aloqalarni keltiradi:

Mavjud ma’lumotlarga qaraganda, Mossack Fonseca kompaniyasi chet el fuqarolariga o’z mamlakatlarida soliqlardan qochish va “pul yuvish”ga yordam berishi ta’kidlangan. Kompaniya xalqaro sanksiyalardan aylanib o’tishda ko’maklashganlikda ayblanmoqda. Masalan, 2016 yilning 3 aprelida fosh etilgan 11 million maxfiy hujjatlarda (“Panama hujjatlari”) kompaniya o’z mijozlariga yirik pul mablag’larini noqonuniy yo’llar bilan ofshorga o’tkazishda ko’maklashishi keltiriladi.

MARNEL GROUP LIMITED va MARNELL GAZ GROUP (STIR – 203883287, faoliyat turi – 46710 – qattiq, suyuq va gaz holatidagi yoqilg’i va shu turdagi maxsulotlar bilan chakana savdo qilish, boshqaruvchisi – DADAMUXAMEDOV ASKAR INOYATOVICH) o’rtasida o’zaro yaqin aloqadorlik mavjud. Kompaniyalarning bog’liqligini sud qarorlaridan ham bilib olish mumkin. http://docs.pravo.ru/document/view/2038675/2154942/

MARNEL GROUP LIMITED ning BALTON TRADING (BALTON EUROINVEST LTD) (STIR – 201079149, boshqaruvchisi – ISMOILOV BAHODIR NASRULLAYEVICH, ta’sischi – Balton Euroinvest LTD) ga ham aloqadorligi bor. BALTON TRADING quyidagi mahsulotlarning yagona distribyutori bo’lib qolmoqda:

·        “Oleyna” kungaboqar yog’i

·        “Makfa” makaron maxsulotlari

·        “Impra” choy assortimenti

·        “Nescafe” kofe mahsulotlari

·        “Nestle Waters” ichimlik suvi

·        “Nestle” quruq nonushta va “BISTROFF” kashalari

Zafar Hashimov aytishlari boyicha Korzinka dokonlarini 80% milliy mahsulotlar egallaydi, ammo bu sozlar haqiqatga tog’ri kelmaydi

Balton Trading Asia veb sahifasi Newmax Technologies (MyTaxi, Express24) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Newmax Technologies asoschisi – Akmal Payziev o’tmishda Zafar Hashimov qo’l ostida ishlagan, bu esa Newmax Technologies ortida ham Zafar Hashimov qo’li borligini taxmin qilsak bo’ladi.

Yana bir ko’zga ko’ringan import tovarlarini sotuvchi kompaniya bu LEAN TRADE SOLUTIONS (LeBazar) – STIR 304271254, ta’sischilar Kamil Hashimov (Zafar Hashimovning otasi) va Zohid Ulmasbaev (Asakabank diling operatsiyalari bo’limi boshlig’i).

Shu bilan birga, mavjud ma’lumotlarga ko’ra L’oreal kosmetikasi, Ekvador banan va boshqa mevalar, hayvon yemlari va ularni parvarishlash mahsulotlari, hamda ko’plab boshqa tovarlar importiga Zafar Hashimov tuzilmalari eksklyuziv huquqqa egadirlar.

Offshore leaks Database veb sahifasi, Zafar Hashimovga aloqador qator boshqa kompaniyalar ro’yxatini ham keltiradi.

 https://offshoreleaks.icij.org/search?c=UZB

XK “Anglesey Food” yetkazib beruvchilaridan biri bo’lgan Balton Trading (ASIA) kompaniyasi 2019 yilning 5 oyida 40 million AQSH dollaridan oshiq summadagi mahsulotni import qilgan. Kompaniya ta’sischisi esa, Zafar Hashimov foydasiga ishlovchi (sahifa ma’lumotlariga ko’ra https://offshoreleaks.icij.org/nodes/10060876)  EUROINVEST LTD. Ofshor kompaniyasidir.

Shu bilan birga, Zafar Hashimov Gazeta.uz va Potrebitel.uz saytlarining norasmiy asoschisi hisoblanadi. Bundan ko'zlangan maqsad, o'z g'oyalarini va manifatlarini ushbu saytlar orqali targ'ib qilish va ommaga ta'sir o'tkazish.

Zafar Hashimov erkin bozor g’oyalarini keng ommaga yoyish ortida mamlakatimizga ko’proq import mahsulotlarini olib kirish va ularni oshirilgan narxlarda sotishga harakat qilayotganligi sezilib turibti. 

Report Page