KORRUPSIYa –taraqqiyot kushandasi

KORRUPSIYa –taraqqiyot kushandasi


Yangi O‘zbekistonni barpo etishda korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish madaniyatini shakllantirish maqsadida davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoevning shaxsan tashabbusi bilan 2017 yil 3 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.

Mazkur qonunning qabul qilinishi – davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashishda kuch va imkoniyatlarini birlashtirib, yaxlit bir tizim yaratish hamda sohaga oid milliy qonunchilikni takomillashtirish imkonini berdi.

Hozirgi kunda Samarqand viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida Agentlik tomonidan qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar, tartib qoidalar, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, odob-ahloq qoidalari va manfaatlar tuqnashuvini tartibga soluvchi nizom va boshqa hujjatlarga asoslanib xodimlarimiz faoliyatini tashkillashtirish yo‘lga qo‘yilgan.

O‘simliklar karantini va himoyasi sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning xar qanday turini amalga oshirishda informatsion texnologiyalardan foydalaniib, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni raqamlashtirish va inson omilini kamaytirish orqali korrupsion holatlarning oldini olishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Hozirgi kunda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini import yoki eksport qilish jarayoni to‘liq "e-Fito"uz elektron avtomatlashtirilgan platforma tizimiga o‘tqazilgan bo‘lib, bunda tadbirkorlik sub’ektlaridan faqat elektron ariza bandlarini to‘ldirish talab etilib, ortiqcha hujjat va boshqarmaga kelish extiyoji bartaraf etilgan.

Mazkur elektron tizim faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida tadbirkor va arizani ko‘rib chiquvchi ijrochi xodim o‘rtasida bevosita munosabat cheklangan.

Bundan tashqari O‘simliklar karantini va himoyasi tizimi xodimlari tomonidan ihtimoliy korrupsiyaviy holatlar sodir etilishi yuzasidan xabar berish uchun alohida ishonch telefoni tashkil qilingan.

Shuningdek, ushbu illatning olini olish maqsadida boshqarma xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va holatlarga shart-sharoit yaratishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi bo‘yicha doimiy ravishda huquqiy targ‘ibot hamda ma’rifiy-tarbiyaviy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Shunday huquqiy savodxonlik davrasi bugun viloyat boshqarmasining xodimlari o‘rtasida olib borildi. Tuman bo‘limi inspektorlari ZOOM platformasi orqali ishtirok etishdi.

 



Samarqand viloyat Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi axborot xizmati





Report Page