KORRUPSIYANING OLDINI OLISH BO‘YICHA KECHIKTIRIB BO’LMAYDIGAN MUHIM VAZIFALAR BELGILANDI

KORRUPSIYANING OLDINI OLISH BO‘YICHA KECHIKTIRIB BO’LMAYDIGAN MUHIM VAZIFALAR BELGILANDI



“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Buxoro bo’linmasi xodimlari orasida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish, odob-axloq hamda ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etish, xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlari boʻyicha kelib tushgan murojaatlarni oʻrganish hamda xodimlar tomonidan 2026-yilda sodir etilgan korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni muhokama qilish masalalari yuzasidan navbatdagi tanqidiy ruhdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 

Unda IJQK departamenti Buxoro viloyat boshqarmasi mas’ul xodimi, “Buxoro HETK” AJ Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorati bo’limi boshlig’i, “HET” AJ “Energosavdo” filiali Buxoro bo’linmasi direktori so’zga chiqib, korrupsiya mamlakatimiz taraqqiyotiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi o’ta og’ir xavf-xatarlardan biri ekanligi, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish, qonun ustuvorligi va halollik tamoyillariga qat’iy amal qilish muhimligi ta’kidlandi.

 

Shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf etish, xodimlarning huquqiy va kasbiy bilimlarini muntazam oshirib borish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

 

Shu bilan bir qatorda, tadbirda xodimlarning xizmat faoliyati hamda xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori, jamoatchilik bilan munosabatlariga oid odob-axloq qoidalari batafsil tushuntirildi.

 






Report Page