KORRUPSIYANING OLDINI OLISH – MUHIM MASALA

KORRUPSIYANING OLDINI OLISH – MUHIM MASALA


Bugun “Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJda korrupsiyaning oldini olish hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarga bag'ishlab, kengaytirilgan profilaktik yig‘ilish o‘tkazildi va 2025 yilning o'tgan davri mobaynida tizimda sodir bo'lgan korrupsion holatlar yig'ilish qatnashchilariga o'qib eshittirildi.

 

Ma’lumki, joriy yilning 5-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha eng muhim vazifa va maqsadlar belgilab berildi.

Ta’kidlash joizki, so’ngi yillarda yurtimizda korrupsiyaqa qarshi murosasiz kurash olib borilmoqda. Shunga qaramay sohada bunday holatlarning hamon uchrayotganligi achinarli hol albatda. Shuning uchun xodimlarga ushbu illatga qarshi yanada toqatsizlik munosabatlarini shakllantirish, korrupsiyaga qarshi birga kurashish va o'z xizmat vazifalarini halol, vijdonan, yuqori professional darajada va vakolatlaridan chetga chiqmagan holda bajarishlari lozimligi uqtirildi. Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashda, korrupsiyadan holi, rivojlangan davlatni barpo etishda barcha birdek mas’ul ekanligi, tizimda bugungi yaratib berilgan shart sharoitlardan to’g’ri foydalanib, inson qadri ulug’lanib borayotgan yurtda shukronalik hissini tuyub yashash zarurligi  ta’kidlandi.

 

“Buxoro HETK” AJ matbuot xizmati

Report Page